Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 13-oktabr, payshanba kuni Ostonada uchrashadi, bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Muhokama qilinadigan mavzular orasida Ukraina, shuningdek, Moskva va Anqara o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar bor, dedi u.

Moskva va G‘arb o‘rtasida Ukraina bo‘yicha muzokaralarda vositachilikni taklif qilish uchun Erdo‘g‘on Putin bilan Ostonada uchrashishini Turkiya yetakchisining rasmiy vakili Ibrohim Kalin ham ma’lum qildi.

“Prezident Erdo‘g‘on Putin bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga erishish uchun biz ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan choralarni, bizning istiqbollarimizni muhokama qiladi”, — dedi Kalin.

Ikki tomonlama uchrashuv 13-oktabr kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari sammitida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Sentabr oxirida Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni Ukraina atrofidagi keskinlikni kamaytirish va Ukraina donini olib chiqish bo‘yicha kelishuvni uzaytirish uchun qadamlar tashlashga chaqirgandi. Shuningdek, Erdo‘g‘on, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlaridagi referendumlar masalasiga to‘xtalib, Putinga tinchlikka yana bir imkoniyat berishni taklif qilgandi.

Turkiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan keyin ular o‘rtasida ko‘p marta vositachilik qilgan. Xususan, “don kelishuvi” Turkiya ishtirokida tuzilgan bo‘lib, u Ukraina portlaridan don import qilishni boshlash imkoniyatini bergandi. Shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvidan keyin, “Azov” polki komandirlari Turkiyaga yuborilgandi.

Erdo‘g‘onning o‘zi ham Rossiya, ham Ukraina bilan “ochiq muloqot” olib borayotgan yagona yetakchi ekanini ta’kidlagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi