Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni Ukraina atrofidagi keskinlikni kamaytirish va Ukraina donini olib chiqish bo‘yicha kelishuvni uzaytirish uchun qadamlar tashlashga chaqirdi. Bu haqda Reuters Turkiya prezidenti ma’muriyatiga tayanib xabar bergan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shuningdek, Erdo‘g‘on, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlaridagi referendumlar masalasiga to‘xtalib, Putinga tinchlikka yana bir imkoniyat berishni taklif qildi.

“Prezident Erdo‘g‘on Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni muzokaralarga yana bir imkoniyat berishga chaqirdi va bu jarayonda vositachi rolini o‘ynashga tayyorligini aytdi”, — deyiladi Turkiya prezidenti ma’muriyati xabarida.

Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasidagi telefon suhbati haqida Kreml tarqatgan xabarda esa suhbat chog‘ida Rossiya prezidenti “ovoz berish jarayoni shaffoflik sharoitlarida, xalqaro qonunchilik me’yorlari va tamoyillariga to‘la rioya etilgan holda o‘tgani”ni ta’kidlagani aytiladi. “Ushbu hududlar aholisi BMT ustavi nizomlari, 1966-yilgi inson huquqlari haqidagi xalqaro bitimlar va 1975-yilgi Xelsinki yakunlovchi aktiga muvofiq o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirdi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya va Ukraina iyul oyida alohida-alohida ravishda Turkiya va BMT bilan tuzgan don bitimi muddati noyabr oxirida tugaydi. Barcha tomonlar rozi bo‘lgan taqdirda, shartnoma uzaytirilishi mumkin.

Avvalroq Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari davlat suvereniteti va mustaqilligini tan olgani, tegishli farmonlarni mamlakat prezidenti Vladimir Putin imzolagani xabar berilgandi.

30-sentabr kuni 15:00 da (Toshkent vaqti bilan 17:00) esa Kremlda yangi hududlarning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi haqidagi shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Referendumlar

Rossiya tarkibiga kirish haqidagi referendumlarda ovoz berish 27-sentabr kuni yakunlandi. 28-sentabr kuni ertalab Donbass saylov komissiyalari ovozlarning 100 foizi ko‘rib chiqilganidan keyin referendumlar natijalarini e’lon qildi. Ularning aytishicha, LXR saylovchilarining 98,42 foizi, DXR elektoratining 99,23 foizi, Zaporojye va Xerson viloyatlari bosib olingan hududlari aholisining esa tegishli ravishda 93,1 foizi va 87,05 foizi Rossiya tarkibiga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.

Referendumlar boshlanishidan oldinoq Putin Rossiya Donbass, shuningdek, ikki viloyat fuqarolarining yakuniy qarorini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.

AQSH va Yevroittifoq esa referendum natijalarini tan olmasligini ma’lum qilgan va u o‘tkazilgan taqdirda, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilgandi. Shuningdek, Serbiya va Turkiya ham ovoz berish yakunlarini tan olmasligini bildirgan.

Kanada bosh vaziri referendumlar tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini e’lon qildi. Zelenskiy esa referendumlar tan olinsa, Putin bilan muzokaralar o‘tkazmasligini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi