Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Foto: “Izvestiya”

Foto: “Izvestiya”

“Interfaks” xabariga ko‘ra, Pragadagi sammitda qatnashgan Erdo‘g‘on, ham Rossiya, ham Ukraina bilan “ochiq muloqot” olib borayotgan yagona yetakchi ekanini ta’kidlagan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 7-oktabrga Putin va Erdo‘g‘onning telefon suhbati rejalashtirilganini tasdiqladi.

Sentabr oxirida Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni Ukraina atrofidagi keskinlikni kamaytirish va Ukraina donini olib chiqish bo‘yicha kelishuvni uzaytirish uchun qadamlar tashlashga chaqirgandi. Shuningdek, Erdo‘g‘on, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlaridagi referendumlar masalasiga to‘xtalib, Putinga tinchlikka yana bir imkoniyat berishni taklif qilgandi.

Turkiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan keyin ular o‘rtasida ko‘p marta vositachilik qilgan. Xususan, “don kelishuvi” Turkiya ishtirokida tuzilgan bo‘lib, u Ukraina portlaridan don import qilishni boshlash imkoniyatini bergandi. Shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvidan keyin, “Azov” polki komandirlari Turkiyaga yuborilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi