• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BMT minbariga poyabzalini urgan Xrushchyov, AQSH prezidentlari rasmiy qarorgohiga aylangan Oq uy va Balidagi teraktlar seriyasi. Kun xronologiyasida 12-oktabr

    12-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan AQSH prezidentlarining rasmiy qarorgohiga aylangan Oq uy, SSSR rahbari Xrushchyovning BMT Bosh Assambleyasida poyabzal bilan bog‘liq ishi hamda Balidagi teraktlar seriyasiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Oq uy — AQSH prezidentlarining rasmiy qarorgohi

    1901-yilda Teodor Ruzvelt AQSH prezidenti qarorgohiga Oq uy nomini bergan edi. Aslida Oq uyga tamal toshi 1792-yilning 13-oktabriga qo‘yilgan bo‘lib, u AQSH prezidentlarining doimiy ishchi qarorgohi hisoblanadi. Oq uyni qurish uchun yerni AQSHning birinchi prezidenti Jorj Vashington tanlagan. 1791-yilda AQSH prezidentining yangi qarorgohi uchun eng yaxshi loyihani tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qilingan va unda asli irlandiyalik bo‘lgan Jeyms Xoben yutib chiqqan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Oq uyni qurish ishlari 1792-yilning oktabrida boshlangan. Koshona neoklassika uslubida Virjiniya qumtoshidan qurilgan. 1800-yilda AQSH prezidenti Jon Adams hamda uning rafiqasi, birinchi xonim Abigayl Adams Oq uyda yashashni boshlagan ilk rahbarlarga aylangan. Ular hali qurib bitkazilmagan binoga ko‘chib o‘tgan. Shundan boshlab Oq uy barcha AQSH prezidentlarining doimiy qarorgohiga aylangan.

    Avvaliga bino “Prezident saroyi”, “Prezident koshonasi” yoki “Prezident uyi” deb atalgan, biroq keyinchalik u atrofdagi qizil toshli uylardan ajralib turgani bois Oq uy deb atala boshlangan. Hujjatlarda “Oq uy” jumlasi birinchi marta 1810-yilda Baltimordagi “Big” gazetasida paydo bo‘lgan, 1901-yilda esa Teodor Ruzvelt Vashingtondagi prezident qarorgohiga rasman “Oq uy” nomini bergan.

    Ikki asrdan ortiq vaqt davomida mazkur bino bir necha bor o‘zgarishlar va rekonstruksiyalarga uchragan. 1814-yilda Angliya—Amerika urushida ingliz askarlari tomonidan Oq uy yoqib yuborilgan. Prezident qarorgohiga jiddiy zarar yetgan, interyeri to‘liq yakson bo‘lgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Qayta tiklash ishlari deyarli darhol boshlangan va loyiha muallifi Jeyms Xoben boshchiligida amalga oshirilgan. Devorlarni qurish yakunlanganidan keyin u guruch yelimi, kazein va qo‘rg‘oshin aralashmasi bilan qoplangan, shundan so‘ng qum rangida bo‘lgan bino oq rangda jilolanishni boshlagan. 1817-yilning oktabrida ta’mirlangan binoga AQSH prezidenti Jeyms Monro ko‘chib o‘tgan.

    1824-yilda uyning yarim doira shaklidagi xonasi, 1829-yilda esa ustunlarga ega sharqiy qismi qurib bitkazilgan. 1901-yilda Teodor Ruzvelt AQSH prezidenti lavozimiga kirishgach, Oq uyning g‘arbiy qanoti qo‘shilgan. O‘shanda turli tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan sharqiy qanot qismidagi kichkina va birinchi zal qurilgan.

    1909-yilda AQSH prezidenti Uilyam Taft Oq uyning g‘arbiy qanotini kengaytirgan, o‘shanda birinchi marta Oval kabinet qurilgan edi. 1927-yilda prezident Kalvin Kulije davrida asosiy binoning chordoq qismi qurilgan. 1942-yili Ikkinchi jahon urushi vaqtida, Franklin Ruzvelt davrida esa sharqiy qanot qaytadan qurilgan. U Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yer ostidagi prezident markazi ustiga ko‘tarilgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    XX asr o‘rtalariga kelib bino kapital ta’mirlanishga muhtoj bo‘lib qolgan — asosiy devorlar va yog‘och to‘sinlar avariyaviy holatga kelgan. 1949-1952-yillari Garri Trumen prezidentligi davrida Oq uy to‘liq rekonstruksiya qilingan. Devorlardan boshqa hamma joyi ta’mirlangan. Binoning yog‘och karkaslari po‘latga almashtirilgan, ichki binolar qayta qurilgan.

    Oq uyga ko‘chib o‘tgan deyarli har bir prezident oilasi ushbu davlat qarorgohining interyeriga biror o‘zgartirish kiritadi. Lekin o‘zgartirishlarning barchasi Oq uyni saqlash qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi tarixiy meros, arxitektura, san’at va dizayn mutaxassislari bilan kelishiladi. An’anaga muvofiq prezidentning rafiqasi — AQSHning birinchi xonimi qo‘mita raisi hisoblanadi.

    Oq uy — amaldagi davlat rahbarining jamoatchilikka ochiq bo‘lgan dunyodagi yagona qarorgohdir. U o‘ziga xos tarixiy muzey: har bir prezidentlik oilasi binoda nimadir qoldirgan, masalan, Marta Vashingtonning shakar soladigan idishi, Abigeyl Adamsning kumush qahva qaynatadigan idishi. Jaklin Kennedi ham Oq uy tarixida muhim iz qoldirgan. U binoni XVIII-XIX asrlarga oid mebellar bilan bezatgan, AQSH muzeylarini Oq uyga 150 ta tarixiy kartina sovg‘a qilishga ko‘ndirgan, Fransiyadan qo‘lda tikilgan pardalarni xarid qilgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Zamonaviy Oq uyning oltita qavati (ularning ikkitasi yerto‘la), 132 ta xonasi, 35 ta yuvinish xonasi, 147 ta deraza, 412 ta eshik, uchta lift, 28 ta kamin, sakkizta zinasi bor. Yerto‘la va “sokol” qavatlari texnik xizmatlar tomonidan band etilgan.

    Oq uyning birinchi qavati yordamchi xizmatlar (oshxona, kir yuvish xonasi va hokazo) uchun mo‘ljallangan. Bu yerda kutubxona, diplomatik qabullar uchun zal, qarta o‘ynash xonasi, bouling yo‘lakchasi turli xizmatlar ko‘rsatish — shifokor xonasi va boshqalar o‘rin olgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    “Davlat qavati” deb ataluvchi ikkinchi qavatdan turli rasmiy marosimlarda foydalaniladi — qabullar, tushliklar va matbuot anjumanlari. Uchinchi qavatdagi xonalarning aksariyati prezident oilasi uchun mo‘ljallangan. Oxirgi — to‘rtinchi qavatda musiqiy xona, solyariy, shuningdek, mehmonxona joylashgan.

    Xrushchyovning BMTda mashhurlikka erishgan poyabzali

    1960-yilning 12-oktabr kuni Nyu-Yorkda BMTning 15-Bosh Assambleyasida xalqaro diplomatiya tarixidagi eng mashhur janjallardan biri sodir bo‘lgandi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Nikita Xrushchyov oyog‘idan poyabzalini yechib, Filippin vakili Lorenso Sumolongning nutqini to‘xtatish maqsadida u bilan stolga ura boshlagan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Sovet siyosatchisining tarjimayi holini o‘rgangan ko‘plab tadqiqotchilar ushbu epizodni shubha ostiga qo‘yadi. Bundan tashqari, SSSRning AQSHdagi delegatsiyasi a’zolari ushbu holatni turlicha gapirib bergan.

    BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasi 1960-yilning 18-sentabr kuni o‘z ishini boshlagan. Xrushchyov uzoq muddatga okean ortiga yo‘l olgan. Sessiyaga, shuningdek, Kuba bosh vaziri Fidel Kastro ham tashrif buyurgan.

    Birinchi kuni tashkilotga mustaqillikka erishgan Afrikaning 16 davlati va Kipr qabul qilingan. Xruchshyov o‘zining ekspressiv xatti-harakatlari bilan delegatlar e’tiborini 26-sentabrda — Kastro 4 soat 29 daqiqa davom etgan tarixiy nutqini so‘zlaganida tortgan. Komandante zaldan amerikalik admiral Arli Berk Kuba borasida o‘z pozitsiyasida adashyaptimi yoki yo‘qmi deb so‘raganida, Xruchshyov qo‘lini musht qilib, “U adashyapti!” deya baqirgan.

    12-oktabr kuni Xruchshyovning kayfiyatini ertalabdan buzishgan. O‘sha kuni 1956-yilgi voqealar — sovet qo‘shinlari Vengriyada hukumatga qarshi chiqishlarni bostirganiga oid ish muhokama qilinishi rejalashtirilgan edi. Sovet delegatsiyasi zalni tark etishni o‘ylagan, ammo rahbar qolishga qaror qilgan va raqiblarining majlisini haqiqatda buzgan.

    Filippin vakili SSSRni konslagerga qiyoslab, Vengriya voqealarini misol qilib keltirgan va Moskvaga butun dunyoga ibrat bo‘lish uchun Sharqiy Yevropani mustamlakadan chiqarish hamda ijtimoiy blokni tarqatib yuborishni taklif qilgan. Bunga Xruchshyovning g‘azabi qo‘zib ketgan. Versiyalardan biriga ko‘ra, aynan o‘shanda uning mashhur “Biz sizlarni ko‘mamiz” iborasi yangragan.

    “Bu yerda o‘tirgan davlatlar vakillariga nisbatan tengsiz munosabatga qarshi norozilik bildiraman. Nima uchun Amerika imperializmining bu malayi so‘zga chiqyapti? U jarayonga aloqador bo‘lmagan masalani ko‘taryapti. Bu mustamlakachilikka xayrixoh bo‘lgan rais esa uni to‘xtatishga urinmayapti! Bu adolatdanmi? Janoblar! Muhtaram rais! Biz Yer yuzida Xudo va sizning inoyatingiz bilan emas, balki Sovet Ittifoqining buyuk xalqi va o‘z mustaqilligi uchun kurashayotgan barcha xalqlarning kuchi va aql-zakovati bilan yashayapmiz. Jaranglayotgan va jaranglashda davom etadigan xalq ovozi, haqiqat ovozini o‘chira olmaysiz. Mustamlakachilik qulligini to‘xtatish kerak. U qancha chuqurroq ko‘milsa, shuncha yaxshi!”, — degan u.

    Foto: UN News

    Foto: UN News

    Xrushchyov hokimiyatdan ketgandan keyin yozgan o‘z memuarlarida poyabzal bilan bog‘liq voqeani yodga olmagan. Ammo uning kuyovi, “Izvestiya” bosh muharriri Aleksey Ajubey u haqida yozgan.

    Uning chiqishlari o‘ziga xos yumorni ham yuzaga keltirgan. “Vengriya masalasi” ortidan muhokamaga “Jazoir masalasi” ko‘tarilganida, barcha fransuzlar zalni tark etgan. Kimdir ulardan nima uchun zalni tark etayotganini so‘raganida, fransuzlar “tog‘-chang‘i poyabzali olgani do‘konga ketyapmiz”, degan.

    Poyabzal bilan bog‘liq mojaro haqida majlisning boshqa bir ishtirokchisi, tarjimon Viktor Suxodrev ham ko‘p gapirgan. 2008-yilda bergan intervyusida u voqeani quyidagicha bayon etgandi:

    “Xrushchyov o‘sha sessiyada barcha turdagi kolonializmni yo‘q qilish dasturi bilan chiqish qildi. Majlisning boshqa ishtirokchilari ham, xususan, filippinliklar ‘to‘g‘ri, kolonializm qoldiqlaridan qutulish kerak’ dedi. Ular mustamlakachilikda tutib turilgan Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yi respublikalari haqida gapirishni boshlagan. Va bu, albatta, Xruchshyovning g‘azabini qo‘zg‘adi. Raisning e’tiborini tortish uchun u mushti bilan stolni ura boshlagan, Gromiko va Zorin ham shunday yo‘l tutgan. Keyin esa poyabzal paydo bo‘lgan”.

    Suxodrevga ishoniladigan bo‘lsa, yig‘ilishdan keyin Xruchshyov sotsialistik mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashuvda janjalga qaytgan. Tarjimonning so‘zlariga ko‘ra, Markazqo‘mning birinchi kotibi jahli chiqib, stolni mushtlagan va soatini sindirib olgan, shundan keyin poyabzalini yechgan.

    Foto: UN News

    Foto: UN News

    Davlat rahbarining AQSHga tashrifi davomida uning xavfsizligini ta’minlagan “KGB” 9-boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Nikolay Zaxarov ham poyabzal voqeasi sodir bo‘lganini tasdiqlagan.

    Xrushchyov bunday xatti-harakatni nima sababdan amalga oshirgani to‘g‘risida turli versiyalar bor. Masalan, u Sumolongning nutqiga qarshilik bildira olmagan, balki e’tiroz bildirish uchun sessiyaga raislik qilayotgan Frederik Bolandning e’tiborini tortishga uringan. Suxodrevning fikricha, SSSR Vazirlar Kengashi raisi Bolandni filippinlikning chiqishiga obyektiv yondashmaganlikda gumon qilgan.

    Internetda Xrushchyovning BMT Bosh Assambleyasi zalida poyabzalni ushlab turgan suratini topish mumkin. Bu soxta rasm, xuddi 2000-yillar boshida poyabzal kinoxronika kadrlariga muhrlangani kabi. Aslida o‘sha yerda ishtirok etganlarning xotiralaridan boshqa hech qanday isbot yo‘q.

    Bosh qahramonning o‘g‘li Sergey Xrushchyov bu masalaning mashhurlikka erishishi borasida ikkita versiyani ilgari surgan. Birinchi holatda olim The New York Times muxbiri Jeyms Feronga tayanib, otasi rostdan ham stolni urganini aytadi. Ammo oyoq kiyimi bilan emas, mushti bilan urgan — delegatsiyaning qolgan a’zolari va sotsialistik davlatlar vakillari ham shunday yo‘l tutgan. SSSR Vazirlar Kengashi raisi poyabzalini boshi uzra ko‘tarib, o‘qtalgan va shundan keyin uni stolga qo‘ygan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Kichik Xruchshyov o‘sha kungi majlis zalida bo‘lgan BMT xodimasining xotiralarini ham keltirgan. Uning aytishicha, siyosatchi o‘z joyiga o‘tirayotgan vaqtda jurnalistlar biri uning oyog‘ini bosib olgan va oqibatda poyabzal oyog‘idan yechilib ketgan. Ammo jahl otiga mingan Xurshchyov uni tezda kiya olmagan. “Majlis boshlangan edi, boshmoqni qo‘lga ko‘tarib turmaslik uchun SSSR rahbari uni stolga qo‘ydi”, — deydi u.

    Balidagi teraktlar

    2002-yilning 12-oktabr kuni Bali orolidagi Kuta-Bich kurortida Indoneziya tarixidagi eng yirik terrorchilik aktlaridan biri sodir etilgan bo‘lib, uning oqibatida 202 kishi halok bo‘lgan (qurbonlarning 164 nafari xorijlik sayyohlar), yana 209 kishi jarohat olgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Terrorchilar uchta bomba portlatgan. Birinchi portlash soat 23:00 larda Kuta-Bich turistik tumanidagi “Peddiz” qovoqxonasida sodir etilgan — terrorchi-xudkush portlovchi qurilmani harakatga keltirib yuborgan. Bir necha soniyadan keyin ko‘chaning qarama-qarshi tomonida joylashgan “Sari” tungi klubi oldiga qo‘yilgan avtomobil portlab, binoni deyarli yakson qilib yuborgan.

    Portlash zarbasi 500 metr radiusdagi barcha binolarning oynalarini sindirib yuborgan. Tungi klubdagi portlashdan keyin yong‘in sodir bo‘lib, unga tutash boshqa binolarga ham o‘tgan va jami 20 ta binoni qamrab olgan. Ikkita portlash va yong‘in oqibatida jami 202 kishi halok bo‘lgan.

    Oradan 30 daqiqa o‘tib, Denpasar shahridagi AQSH konsulligi binosi yonida yana bir portlash sodir bo‘lgan. Oldingilariga qaraganda kuchsizroq bo‘lgan portlashda bir nafar amerikalik yaralangan va binoga biroz shikast yetgan. 2002-yilning 14-oktabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi bir ovozdan 1438 rezolyutsiyasini qabul qilib, Bali orolidagi terrorchilik aktini keskin qoralagan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Shu yilning noyabr oyida Indoneziya politsiyasi teraktlarning asosiy gumonlanuvchisi bo‘lgan yavalik 40 yoshli Amrozini ko‘rsatmalariga tayanib, uning sheriklariga, jumladan, ikki aka-ukaga nisbatan qidiruv e’lon qilgan. So‘roqlar vaqtida Amrozi Balidagi portlash ortida turgan jinoiy guruh rahbarining ismini aytgan. U “Kudama” va “Fotih” laqablari bilan tanilgan, politsiya tomonidan “Al-Qoida”ga aloqadorligi sabab qidiruvda bo‘lgan Indoneziya fuqarosi Imom Samudra ekani ma’lum bo‘lgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    2002-yilning 21-noyabr kuni haqiqiy ismi Abdul Aziz bo‘lgan Imom Samudra hibsga olingan. Birlashgan tergov guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, aynan Samudra terakt rejasini ishlab chiqqan va portlatiladigan obyektlarni tanlagan.

    Balidagi teraktlar tergovi davomida Indoneziya politsiyasi “Islom jamoati” terrorchilik tashkiloti mamlakat hududida bir necha yildan beri faoliyat yuritayotgani to‘g‘risida dalillarni qo‘lga kiritgan. Shtab-kvartirasi Malayziyada joylashgan mazkur guruh Janubi-Sharqiy Osiyoda islom davlatini qurish tarafdori hisoblangan.

    Imom Samudrani so‘roq qilish davomida “Islom jamoati” 2000-yildan beri Indoneziyaning qator shaharlarda sodir bo‘lgan portlashlarga bevosita aloqador ekani aniqlangan. Bunga qadar Indoneziya politsiyasi uchta portlashni bir-biriga bog‘liq emas deb hisoblab kelayotgandi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    2002-yilning 5-dekabrida “Islom jamoati”ni rahbarlaridan biri — Muklas hibsga olingan. Politsiyaning ta’kidlashicha, Muklas Janubi-Sharqiy Osiyodagi terrorchilar faoliyatini muvofiqlashtirib kelgan. Muklash bilan birga Markaziy Yavaning Klaten shahrida oktabr portlashlariga aloqador sakkiz kishi ushlangan.

    Oradan bir yil o‘tgach, 7-avgust kuni Denpasar shahri sudi Amrozini barcha ayblovlarda aybdor deb topib, uni o‘lim jazosiga hukm etgan. 2003-yilning 10-sentabrida Imom Samudra — teraktlarning asosiy tashkilotchisi va ijrosi ham o‘limga hukm etilgan. Balidagi portlashlarning asosiy tashkilotchisi Muklas (Ali G‘uron) o‘sha yilning 2-oktabrida o‘limga hukm etilgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    2008-yilning noyabrida Indoneziya hukumati uch nafar terrorchi qatl etilganini rasman tasdiqlagan. Imom Samudra, Amrozi Nurhoshim va Muklas Nusakambangan orolida otib tashlangan. Yana to‘rt nafar jangari umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan, qolganlarga 16 yilgacha qamoq jazosi tayinlangan. Ekstremistlarning hech biri qilgan ishidan pushaymonligini bildirmagan.

    2002-yildan boshlab Indoneziya politsiyasi “Islom jamoati” guruhiga aloqador 400 dan ortiq odamni hibsga olgan. 2012-yilning 21-iyunida Jakarta sudi “Bali ishi”ga aloqador yana bir aybdor — Umar Patekni 20 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Indoneziya qonunlari bo‘yicha Patek otishga hukm etilishi kerak edi, biroq prokuratura uning tergovga yordam ko‘rsatganini hisobga olib, umrbod qamoq jazosi so‘ragan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Xorvatiya prezidentining BMW’sini o‘g‘irlagan “biznesmen”, Qozog‘iston hududida ilk bor o‘tkazilgan yerosti yadroviy portlashi va qor kuraydigan mashinalarga urilgan samolyot. Kun xronologiyasida 11-oktabr

    12.10.2022, 09:30   Izoh (0)   44304
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Asteroidga zarba berish orqali uning orbitasini o‘zgartirish bo‘yicha tajriba muvaffaqiyatli kechdi — NASA

    12.10.2022, 09:06

    Charlz III ning toj kiyish marosimi 2023-yil 6-mayda bo‘lib o‘tadi

    12.10.2022, 08:06

    Gruziya, Ozarbayjon va Turkiya armiyalarini maxsus operatsiyalar uchun birlashtirishga qaror qildi

    11.10.2022, 23:10

    “Putin bilan hech qanday muzokaralar bo‘lmaydi” — Zelenskiy G7 rahbarlarining onlayn uchrashuvida keskin nutq so‘zladi

    11.10.2022, 23:01

    Putin “Ukraina Qrimga bostirib kirsa, Rossiya yadro qurolidan foydalanishi ehtimoli” haqida Ilon Maskka aytgan deb xabar tarqatildi. Mask esa buni rad etdi

    11.10.2022, 22:21

    BAA prezidenti Putin bilan uchrashuvga krossovkada keldi

    11.10.2022, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.