Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax viloyati Jizzax shahrida hamshira hamkasblarining nomiga kredit olib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali hamshirasi L.A. bir necha hamkasbining ishonchiga kirib, ularning nomiga turli banklardan kredit rasmiylashtirib olgan. Jumladan, Sharof Rashidov tumani “Ziyokor” mahallasida yashovchi L.E.ning nomiga 10 million so‘m, shu tumanning “Qulama” mahallasida istiqomat qiluvchi G.R.ning nomiga ikkita bankdan 38 million so‘m, yana shu tumanning “Qo‘shbarmoq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T.B.ning nomiga 11 million so‘m, Jizzax shahrining “Olmazor” mahallasida yashovchi G.J.ning nomiga 16 million so‘m kredit olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Jabrlanuvchilar huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilgan. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Alla Pugachyova, Yelena Zelenskaya va eronlik namoyishchilar BBC’ning eng nufuzli ayollar ro‘yxatiga kirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...