Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida shifokor keksa hamkasbining plastik kartasidagi pullarini o‘g‘irladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 76 yoshli shifokor J.A. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning bank kartasidan jami 4 million 45 ming so‘m pullarini yechib olganini bildirgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida J.A.ning bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxs uning hamkasbi — Taxtako‘pir tumanida yashovchi, poliklinikada ishlovchi 31 yoshli shifokor Ye.N. ekani aniqlangan.

U onlayn tavakkalchilikka asoslangan “1xbet” o‘yinlariga berilib ketgani sababli hamkasbining keksaligidan foydalanib, uning bank kartasi boshqaruvini o‘zining telefonidagi mobil ilovasiga o‘tkazib olish orqali pullarni o‘zlashtirgan.

Ye.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati