Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi bog‘chada tarbiyalovchi bo‘lib ishlovchi qiz hamkasblarining bank kartasidan pullarini o‘g‘irladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi

Foto: Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi

Qayd etilishicha, Koson tumanida yashovchi fuqaro G.K. va F.M. ariza bilan murojaat qilib, unda noma’lum shaxs ularning bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, G.K.ning bank kartasida bo‘lgan 2 854 000 so‘m hamda F.M.ning bank kartasida bo‘lgan 3 977 383 so‘m miqdoridagi pullarini yechib olgani va aybdor shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni bildirgan.

Tekshiruvlar natijasida ushbu jinoyatni jabrlanuvchilarning hamkasbi — Koson tumanida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan Z.CH. sodir etgani aniqlangan. Z.CH. bank kartasi ma’lumotlari va jabrlanuvchilarning telefoniga kelgan SMS-kodni olib, bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.

Z.CH.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat