• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Farzandsiz Xurshid, Baxtiyorga turmushga chiqqan Lola va uch egizagi chempion bo‘lgan Javohir. “Osmondagi bolalar-3” filmining suratga olish jarayonidan reportaj (video)

    Rejissor Zulfiqor Musoqov ilk film namoyishidan 20 yil o‘tgach, “Osmondagi bolalar-3” filmini suratga olishga qaror qildi. O‘smirlar hayotiga bag‘ishlangan film o‘z davrida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan va to‘qqiz oy mobaynida Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyning barcha zallarini band etgan. Xo‘sh, filmning yangi qismida qadrdon chehralardan kimlarni uchratamiz va yangi kiritilgan personajlar qanday rollarni ijro etmoqda? Muxlislarni qiziqtirgan shu kabi savollarga javob olish maqsadida “Daryo” muxbirlari suratga olish maydonchasidan reportaj tayyorladi.

    Zulfiqor Musoqov — film rejissori:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — 20 yildan buyon “Filmning davomini qachon suratga olasiz, degan savolni ko‘p berishadi. Oxirgi ikki yilda bu boradagi talablar yanada ko‘p o‘ldi. Shu bois bir yil avval film ssenariysini yozib, Badiiy kengashga taqdim etdim. Afsuski, uning tasdiqlanishi ba’zi sabablarga ko‘ra biroz ortga surildi. Albatta, avvalgi qahramonlarning bari yangi filmda suratga tushadi. Faqat ular ancha ulg‘aygan. Ularni 20 yosh qilib ko‘rsatish imkonsiz. Ularning o‘z hayoti va muammolari bor. Film qachon premyera bo‘lishini oldindan aytolmayman, suratga olish ishlarini endi boshladik. Hali qiladigan ishlarimiz juda ko‘p, — deydi rejissor Zulfiqor Musoqov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Dilnoza Kubayeva — aktrisa:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Shu kungacha biror marta Zulfiqor Musoqov bilan ishlamaganman. “Osmondagi bolalar” filmiga taklif etishganida juda xursand bo‘ldim. Chunki bu filmni maza qilib tomosha qilganman va uning har bir sahnasi yod bo‘lib ketgan. Filmda Xurshidning hamkasbi va turmush o‘rtog‘i rolini ijro etyapman. Qahramonim Oypopuk baxtli ayol bo‘lsa-da, unga ona bo‘lish nasib etmagan. Xullas kulgisi ortida dard va baxti ortida armoni bor ayol rolini ijro etyapman, — deydi aktrisa Dilnoza Kubayeva.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Davron G‘ulomov — Xurshid roli ijrochisi:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — “Osmondagi bolalar-3” filmi suratga olinishi haqidagi xabarni eshitganimda negadir xayolimga Dilnoza Kubayeva bilan partnyor bo‘lsam, degan fikr kelgandi. Qarangki, bu aktrisa bilan birgalikda suratga tushish nasib etdi.

    Aktyorlikka qiziqishim bo‘lmagan. “Osmondagi bolalar” filmida suratga tushishim esa menga berilgan tuhfa bo‘lgan. Chunki hayotimda film bilan bog‘liq qiziqarli voqealar juda ko‘p. U orqali ko‘plab insonlar bilan tanishdim, “Osmondagi bolalar” filmining nomini sotib, ko‘p ishimni bitirdim. Quvonarlisi, birorta insondan film haqida yomon gap eshitganim yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xurshid roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Davron G‘ulomov bugungi kundagi faoliyati va shaxsiy hayoti haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bir necha yildan buyon metall biznesi bilan shug‘ullanaman. Ikki nafar shirin qizcham bor. Zulfiqor Musoqovdan boshqa rejissorlardan ham takliflar bo‘lgan, ammo suratga tushishni istamadim. Chunki asosiy qiziqishim kino emas, — deydi Davron G‘ulomov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Filmda Lola rolini ijro etgan Kristina Toirova bir necha yildan buyon oilasi bilan Qozog‘istonning Olmaota shahrida istiqomat qiladi. U bor e’tiborini karyerasiga emas, oilasiga qaratgan. Uning Yasmina, Taxmina va Elif ismli qizlari bor.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Film ijodkorlari premyeradan avval ko‘p ma’lumotlarni oshkor etishni istashmadi. Ammo shunisi ma’lumki, Hamdam, Javohir, Xurshid, Baxtiyor, Nargiza va Lola kabi qadrdon personajlar “Osmondagi bolalar-3” kartinasida ham ishtirok etishadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Javohir sinfdoshi Nargizaga, Baxtiyor esa Lolaga uylanadi. Javohir malakali sport ustasi bo‘lib, uning egizak farzandlari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ladi. Rejissorning ma’lum qilishicha, yangi film nafaqat yoshlarbop, balki katta yoshdagi insonlar ham tomosha qilishi uchun mo‘ljallanmoqda.

    Agar filmning kadrorti voqealariga qiziqsangiz, quyidagi ssilka orqali videoni tomosha qilishingiz mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Zulfiqor Musoqov ilk film namoyishidan 20 yil o‘tib, “Osmondagi bolalar”ning 3-qismini suratga olishni boshladi (video)
    • “Osmondagi bolalar” 20 yoshda: Film qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar bugungi kunda nima ish bilan band? (foto)

    11.10.2022, 21:45   Izoh (0)   21605
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hozir kimning ishi yurishmasa, qo‘shiq aytyapti”. Elmurod Haqnazarov o‘zini Otabek Muhammadzohidning shogirdi qilib ko‘rsatgani hamda to‘ylarda burni singani haqi...

    11.10.2022, 15:47

    Taniqli turk aktyori Murat Yildirim birinchi marta ota bo‘ldi

    11.10.2022, 09:49

    Instagram: Dilso‘z bilan ajrashgan Farrux Raimov, Ozoda Nursaidovaga atalgan syurpriz, Dildora Niyozova xonadonidagi shodiyona

    10.10.2022, 22:34

    “Oyog‘ini bosib olganimda, ko‘zingga qaramaysanmi semiz, degan” — Shukurullo Isroilov rafiqasi bilan qanday tanishgani, farzandlari hamda kelinlari haqida (video)

    10.10.2022, 20:45

    “Uyimdagi pardalarga nina va tirnoq qistirib ketishgan, avariya uyushtirishgan”. Sobirjon Mo‘minov hayotidagi qiyinchiliklar hamda yo‘qotishlar haqida (video)

    10.10.2022, 19:20

    Iqtisodiyot bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

    10.10.2022, 15:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.