• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Uyimdagi pardalarga nina va tirnoq qistirib ketishgan, avariya uyushtirishgan”. Sobirjon Mo‘minov hayotidagi qiyinchiliklar hamda yo‘qotishlar haqida (video)

    AQSHda istiqomat qilayotgan xonanda Sobirjon Mo‘minov nomaqbul ishlar ortidan tanilayotgan insonlar, unga piar takliflari bo‘lgani, ijodni boshlangan paytida qo‘shiq chiqarish uchun bir yillab navbatda turgani, o‘ziga, oilasiga qilingan dushmanliklar va hayotidagi yo‘qotishlari haqida gapirdi.

    “Uyida qilmaydigan ishini chiqib ommaga ko‘rsatyapti”

    “Munosib insonlarning avlodlarimiz, shuning uchun ba’zi bir bachkanaliklarni, ijtimoiy tarmoqlardagi har xil qiliqlarni tanilish uchun qilishyapti. Tanilish oson, suyukli bo‘lish qiyin. Tanilish, mana qora piar bilan ham tanilyapti. Vaqtincha ismi aytilib turilibdi, xolos. Shunga ketkazgan vaqtini o‘rniga kichkina, yaxshi narsa qilish bilan tanilsa bo‘lmaydimi, degingiz keladi. Ijtimoiy tarmoqlarga ham yozib qo‘ydim, shuning o‘rniga nafaqat o‘zingni o‘yla, balki ortingda xalq, millat turibdi. Bunaqa bachkanalik bilan xalqimizning sha’nini yerga urayapti.

    Nafaqat san’at sohasida, balki boshqa sohada ham o‘ziga yarashmagan ishlarni qilish avj olib ketdi. Bu narsa achinarli holat. Boshqalarni ham ko‘ryapmiz, ijtmoiy tarmoqlarda o‘ziga yarashmaydigan qiliqlarni qilyapti. Men bu narsaga doim jon kuydirib qaraganman. Bachkanalik bilan tanilish bo‘lmaydi, bari bir bu narsalarning oxiri voy. Undan ko‘ra o‘shanga ketkazgan vaqtini yaxshi, kichkina narsaga sarflasa kimdir manfaatdor bo‘ladi, kimlardir shundan foydalanadi, ortidan duo qiladi.

    Lekin pandemiya paytida bachkana qiliq qilib chiqqanlarni qachonki, kim ko‘rsa ortidan kuladi. U narsa yaxshilikka olib kelmaydi, millatning mavqeyini pastga tushiradi. Har bir inson, har bir kasb egasi o‘zining bilim doirasida millatni, xalqni mavqeyini ko‘tarishi kerak, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar. San’at, birov naqsh yasab san’atini ko‘rsatadi, birov tikish bilan, shu san’at darajasiga yetishi kerak. Bachkanalik, u hattoki uyida qilmaydigan ishini chiqib ommaga ko‘rsatyapti”, — deydi xonanda.

    Foto: “Yandeks.ru

    Foto: “Yandeks.ru

    Sobirjon Mo‘minov unga piar qilish borasida takliflar bo‘lgani haqida 

    “Menga ham bir qancha piar variantlarini taklif qilishdi. Har xil, shov-shuv bo‘ladigan gazetalarda, ekranlarda, radioda, televideniyeda ham har xil jurnalistlar, ‘shoumen’lar chiqib qoladi. Mening farzandlarimga ham bu narsani ko‘p taklif qilishdi, har doim rad qilganman. Chunki bu tanilishning oxiri ham bor, taniqli bo‘lish oson, uni ichida qancha qarg‘ish-u, kulgi va nafrat bo‘ladi. Lekin yaxshilikni urug‘i kam bo‘ladi, uni natijasi, unumi chiroyli bo‘ladi. Shuning uchun doim aytaman, yaxshi narsa bilan tanilsa, u ham havasli bo‘ladi, ham ortidan duo qilishadi, ham  o‘ziga xos tarzda bir necha yillar davomida undan kimdir foydalanadi. Taniqlilikni emas, insoniyligini hurmat qilish kerak”, — deydi Sobirjon Mo‘minov.

    “Badiiy kengashda olti oylab, bir yillab navbatga turar edik”

    “Juda ham kuchli badiiy kengash bo‘lardi, badiiy kengashda olti oylab, bir yillab navbatga turar edik, ismimiz yozib qo‘yilar edi. Navbatma-navbat kutardik, qaysidir oyda badiiy kengashga o‘zimimizning mahoratimizni ko‘rsatishga kirardik, u televideniyening ichida bo‘lar edi. Badiiy kengashda Fattohxon Mamadaliyev, Orifxon Hotamov, G‘anijon Toshmatov, buyuk shoirlar, eng kichigi Abduhoshim Ismoilov bo‘lgan. Juda ham kuchli badiiy kengash bo‘lgan, uncha-muncha qo‘shiq, kuy o‘tkazilmas edi, agar ohang kimnikidir bilan o‘xshab qolsa, yana bir qarab keling, deb yaxshi gapirib chiqarib yuborishar edi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Keyin yana bir yil navbatda turish kerak edi, yana bir yil turmaslik uchun hech kimnikiga o‘xshamagan, original narsa qilib borish kerak edi. Shuning har bitta ijodkorni ifori bo‘lgan, hozir bog‘da bir xil gullar ko‘payib ketgan. Oldin bu bog‘da har xil gullar: lola, atirgul, binafsha ochilgan, uning o‘z ifori bo‘lgan. Hattoki birorta xonanda teleekran orqali chiqish qilayotgan bo‘lsa, musiqasidan kim chiqayotganini bilish darajasida bo‘lgan. Chunki ansambldagi sozandalarning farqi ham shunda edi, bir-biriga o‘xshamagan bo‘lardi. Shuning uchun hamma qarsak chalardi, kuchli mahsulotlar bo‘lgan. Hozir ham tobora yaxshilashyapti, biroq bir xillik ko‘p. Hozirgi yoshlar orasida buning farqiga borayotganlari ham bor, yaxshi narsani urug‘i kam bo‘ladi. Bunga farosat, ilm-ziyo kerak”, — deydi xonanda.

    “Issiq-sovuq”ni ham qilishdi, mashinalarimizga, uyimizga ham tashlab ketishgan

    “Hayotda bizga nisbatan odamlar tomonidan tushunib-tushunilmay qilingan barcha yomonliklarini ko‘rdik. Ko‘rolmasliklarni ham ko‘rdik, uni aytib doston qilishga hojat yo‘q. Bularni biz umumiy qilib, Allohni sinovi, shu sinovlardan chiroyli o‘tkazganiga shukr, degan xulosaga kelganmiz. Juda ham ko‘p, eslasam ba’zi insonlardan nafratlanishim mumkin, ba’zilariga yaxshi ham shu dushman bor, men bu narsani kuchaytirganman deganman. Sizga dushmanlik holda, o‘zi bilmagan holda yaxshilik qilib qo‘ygan bo‘ladi. Sizni kuchayishingizga, ijod qilishingizga, izlanishingizga sababchi bo‘ladi.

    U sizga mazza qilib dushmanlik, lekin Alloh sizga uni orqasidan chiroyli natijalarga erishtiradi. U yana davom ettiradi, sizni tushib ketsin boshqa chuqurlar qazib, tuzoqlar qo‘yib qo‘yadi. Lekin ko‘nglingiz Allohga to‘g‘ri bo‘lgani uchun sizni sinovlarda asrab olib chiqib, yana mukofotlab ham qo‘yadi. Haligi inson qalbi qoraligidan o‘zi battar jazavaga tushib qolib ketadi. Bularning barchasidan o‘tdik. Hattoki bizning dinimizda qoralangan ‘issiq-sovuq’ni ham qilishdi, mashinalarimizga, uyimizga ham tashlab ketishgan. Uyimizga ko‘p odam chaqiraman, pardalarimizga nina, tirnoq, nima bo‘lsa qistirib ketishgan. Qilmagan dushmanliklari qolmagan, hattoki avariya ham qilishgan. Har xil narsalar bo‘lgan”, — deydi Sobirjon Mo‘minov.

    Foto: Instagram /@sobirjon_muminov

    Foto: Instagram /@sobirjon_muminov

    “Bir-birimizga dushmanlik qilaversak, millat rivojlanmaydi”

    “O‘n yil oldin qanaqa edik, qanchalik darajada tez o‘tdi bu umr, bundan buyog‘i undan ham tez o‘tadi. Buni orasida men sizga, siz menga yomonlik qilishimizning nima foydasi bor? Imkon qadar bir-birimizning duomizni olib, yaxshilik qilishimiz kerak. Shunda xalq, yurt, Vatan insonlar rivojlanadi, bir-birimizga dushmanlik qilaversak, bir-birimizni sindiraversak faqat orqaga qarab ketamiz. Agar bir-birimizga ko‘mak berib, tirgak bo‘lsak, bilmagan narsalarimizni o‘rgatsak tobora yuksaklikka qarab ketamiz.

    Bunda xalq, millat rivojlanadi. Biz esa nimaga men emas, u bo‘lishi kerak deb nafsimizga qul bo‘layapmiz. Alloh tepadan qarab turibdi, arzimagan narsa uchun gunohga botishingni qara, deb turgandek go‘yo. Menga esa qo‘limdan kelsa sizga yordam beray, siz menga yordam bering, bilmaganimni o‘rganay deyish kerak. Xalqimizni, yurtimizni rivojlantiramiz, inson uchun hamma narsa zo‘r bo‘ladi. Bir-birimizga dushmanlik qilaversak, millat rivojlanmaydi”, — deydi xonanda.

    Foto: Instagram /@sobirjon_muminov

    Foto: Instagram /@sobirjon_muminov

    “Onam yoshligimda dunyodan o‘tgan, bu katta yo‘qotish. Orzularimiz, yoshlikda birga qilgan niyatlarimiz, onamga qilingan va’dalar, bularning hammasi haligacha yuragimning tub-tubida armon bo‘lib yotibdi. U har lahzada o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Ba’zan ota-onadan maslahat so‘ragingiz keladi, qarasangiz ular o‘zining joyida yo‘q. Afsuslanasiz, bu juda katta, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish bo‘ladi. Hayotimizda eng katta farzandim qizim bo‘lgan, u ham ikki oyligida vafot etgan, bu ham katta yo‘qotish bo‘lgan. Bizga berilayotgan ko‘p yaxshiliklarni to‘sib, qaytarib qolishgan, u ham katta yo‘qotish. Biz bularning hammasini Yaratganning sinovi deb xulosa va sabr qilyapmiz. Ota-onani yo‘qotish ham katta sinov bo‘lgani uchun, u ham meni hayotda ancha dovdiratib qo‘ygan. Hozir farzandlarimiz katta bo‘lgan, ular bilan ovunib, har qanday holatda ham farzandlarim uchun namuna bo‘lib tik tura olishimiz kerak, Yo, Rabbiy bizni farzandlarimizning oldida kuch-qudrat bo‘lib turishimizga o‘zing kuch bergin, deb so‘rab shunga harakat qilganmiz. Sabr bilan davom etib kelyapmiz”, — deydi Sobirjon Mo‘minov.

    Mavzuga doir: 

    • Instagram: Sobirjon Mo‘minov o‘g‘illarining to‘yi gala konsertga aylandi, Dineyra ona bo‘ldi, Halima Ibragimova xonadonida bayram.
    • Instagram: Shohruxxon va Asal Shodiyeva xonadonida bayram, bir kunda 3 o‘g‘lini uylantirgan Sobirjon Mo‘minov, Ra’no Yarasheva oilasida judolik.
    • Sobirjon Mo‘minov AQShga ko‘chib ketishi sababi va u yerda nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘zlab berdi.

    10.10.2022, 19:20   Izoh (0)   37635
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Iqtisodiyot bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

    10.10.2022, 15:59

    “Pul topish uchun yuzimni berkitib, ko‘cha supurganman”. Elmurod Haqnazarov bolaligidagi achchiq xotiralar hamda futbolchi bo‘lish orzusi armon bo‘lgani haqida (vi...

    10.10.2022, 12:06

    Instagram: Xiyonatni kechirmaydigan Shahzoda Matchonova, yangi mashina xarid qilgan Vazira Yunusova, savobli ishga qo‘l urgan Yulduz Turdiyeva

    09.10.2022, 22:55

    Instagram: Komadan chiqa olmayotgan Zohid Risqiyev, Mitti vaynerning Kia avtomobilini pachoq qilishdi, Zarina Yo‘ldosheva avariyaga uchradi

    08.10.2022, 22:41

    Kivanch Tatlitug‘, Nazan Kesal, Chig‘atay Ulusoy hamda boshqa taniqli turk aktyorlari ishtirokidagi yangi seriallar

    08.10.2022, 19:35

    “U qiz bolamas deyishgan”. Ilmira Rahimjonova tuhmat sabab bir yil tildan qolgani va o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgani haqida gapirdi (video)  

    08.10.2022, 15:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.