Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Rayhon Asadova Hindistonning Dehli shahridan ko‘rinish berdi.
Bollivud yulduzi Karina Kapur ham sahifasiga yangi surat joyladi.
Zulayho Boyxonova Yevropa bo‘ylab sayohat qilmoqda.
Ozoda Nursaidova 9-oktabr kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. Uning sozandalari hamda san’atkor do‘stlari xonandaga atab kutilmagan syurpriz tayyorladi.
Asal Shodiyeva suratga olish ishlari Xivada bo‘lib o‘tayotgan “Uyga qaytish” filmida suratga tushmoqda.
10-oktabr kuni “Xalqlar do‘stligi” saroyida Sherali hamda Zohirshoh Jo‘rayevlarning konsert dasturiga start berildi.
Rixsitilla Abdullayev o‘g‘li bilan tushgan suratini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Vayner Erali Boyqobilov tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning san’atdagi yaqinlari qanday tabriklashgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Zarina Nizomiddinova muxlislariga Moskva shahridan ko‘rinish berdi.
Turkiyalik taniqli aktyor Murat Yildirim rafiqasi hamda qizi Merayning suratini sahifasiga joyladi hamda suratni “Yildirim oilasi” deb nomladi.
Dildora Niyozova qizi Muslimaxonning yetti yoshga to‘lishi munosabati bilan xonadonida katta bayram tashkillashtirdi.
Sitora Alimjonova Xivada milliy obrazda fotosessiya uyushtirdi.
Turkiyalik taniqli aktrisa Neslihan Atagul ham folloverlarini yangi surat bilan xushnud etdi.
Xonanda Farrux Raimov o‘z sahifasi orqali prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi. Xonanda murojaatda oilaviy tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lib, ishlari yurishmagani hamda bankrot bo‘lgani ortidan oilasi buzilgani haqida so‘zlab berdi.
Mavzuga doir:
- Instagram: Xiyonatni kechirmaydigan Shahzoda Matchonova, yangi mashina xarid qilgan Vazira Yunusova, savobli ishga qo‘l urgan Yulduz Turdiyeva
- Instagram: Komadan chiqa olmayotgan Zohid Risqiyev, Mitti vaynerning Kia avtomobilini pachoq qilishdi, Zarina Yo‘ldosheva avariyaga uchradi.
- Instagram: Marjona Mirzaaliyevadan gender party, 5 millionlik dovonni zabt etgan Shahzoda Muhammedova, muxlisasining 16 yillik orzusini ushaltirgan Yulduz.
- Instagram: Jahongir Ortiqxo‘jayev nevarali bo‘ldi, Malika Ravshanova xonadonida bayram, Manzuraning yer ostiga sayohati.