• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Nomi City, yashash tarzimiz esa qishloqdagi uylardan battar”. Qarshi City’da yashovchi aholi ko‘p qavatli uydagi muammolar haqida (video)

    Qarshi shahrida barpo etilgan City’da yashovchi aholi vakillari “Daryo”ga murojaat qilib, yashayotgan manzilining nomi Сity ekanligini, ammo yashash tarzi va manzili qishloq sharoitidan farq qilmasligini aytmoqda.

    Murojaatchilar muammosini o‘rganish maqsadida jurnalist Murodjon Amirov Qarshi Сity’da bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Jurnalistning aytishicha, ular ko‘p qavatli uylar yaqiniga borib, murojaatchilar bilan suhbatlashishga uringanda notanish kimsalar kelib, “Nega bu yerni tasvirga olyapsan, senga kim ruxsat berdi”, deya faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan. Jurnalist hududga murojaat yuzasidan kelganini aytib, axborot olish huquqi borligini bildirgan.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Сity’dagi uylarimizni 2021-yilning noyabr oyida qabul qilib olgan bo‘lsak, shundan beri muammolar haqida aytamiz. Ammo hech kim eshitmayapti. Haligacha ko‘p qavatli uylar oldi yozda chang, qishda esa loy bo‘lib yotadi. Yomg‘ir yoqqan paytda ko‘lmakka aylangan suvlardan o‘tib, “dom”ga kiramiz. Elektr toki o‘chib qolgan paytlarda yuqori qavatga qiynalib chiqamiz. Haligacha shu muammolar bor, — deydi aholi vakillaridan biri Shahnoza Mavlonova.

    Shahnoza Mavlonova.

    Shahnoza Mavlonova.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Shahnoza Mavlonova uy narxi arzon bo‘lmaganligini, qimmat narxga olinganini, ammo qurilish sifati ham, uy atrofidagi shart-sharoitlar ham talab darajasida emasligini aytmoqda.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Qish kelyapti: bolalarimiz qanday maktabga boradi? Qanday uydan chiqamiz? Uyimizning oldi tizza bo‘yi suvga to‘ladi. Loy kechib, uyga kiramiz. Oyma-oy to‘lov qilayotgan bo‘lsak, qachon bu joylar asfalt qilinadi? Qurilish sifati ham yaxshi emas. Uyni falon pulga sotib olgan bo‘lsak, sharoitini ham qilib berishsin-da endi, — deydi u.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Shu shaharchadagi ko‘p qavatli uylardan birini sotib olgan Qunduz Rajabova ham 2021-yilning oktabr oyida uy olganini, shu paytga qadar ko‘p qavatli uylar atrofi aholi yurishi uchun ham qulay holatga keltirilmaganini bildirmoqda.

    Foto: Sarvinoz Ismoilova

    Yozda changdan, yomg‘irli kunlarda loydan bezib qoldik. Kattalar-ku amallab yuramiz, ammo bolalar maktabga borishda muammoga uchrayapti, — deydi ahvoli vakillari.

    Foto: Sarvinoz Ismoilova

    Сity’dagi 13-uyda yashovchi Dilfuza Norqobilova 2021-yilning oktabr oyida uy sotib olganini, shundan beri ko‘p qavatli uylar atrofiga bolalar o‘yingohi ham avtomobillar uchun “stoyanka” ham qurilmaganini aytmoqda.

    Foto: Sarvinoz Ismoilova

    Yomg‘ir yog‘sa uyimiz atrofi ko‘lmak bo‘lib ketadi. Suv kechib, loy kechib uyga kiramiz. 2021-yilning oktabr oyidan beri bu “dom”lar atrofiga na bolalar o‘yingohi qurildi va na avtomobillar uchun “stoyanka”. Axir loyihada shular bo‘lgan-ku, rahbarlarga bu haqda murojaat qilib charchadik, — deydi Dilfuza Norqobilova.

    Dilfuza Norqobilova.

    Dilfuza Norqobilova.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Dilfuza opa yuqori qavatda yashashini, quruvchilar yuqori qavatga chiqish uchun generator qo‘yib berilishini aytganini, biroq va’da bajarilmaganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Men 13-qavatda yashayman. Elektr toki o‘chib qolsa, tepaga piyoda chiqamiz. Men-ku, 50 yoshga kirdim. Sal bo‘lsa-da, kuch-quvvatim bor. Ammo 70-80 yoshga kirgan chol-u kampirlar ahvolini tasavvur qilavering, — deydi u.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Murojaatchilarning bildirishicha, Сity’da 6 ta ko‘p qavatli uy uchun 1 dona bolalar o‘yingohi qurilgan.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Har bir xonadonda hech bo‘lmasa 3-4 nafardan farzand bo‘lsa, oltita “dom”da necha nafar bola bo‘lishini hisoblayvering, ularning bari bitta o‘yingohga sig‘maydi. Achinarlisi, bolalar o‘yingohda o‘ynash uchun ham navbatda turadi, — deydi murojaatchi ayollar.

    Sarvinoz Ismoilova.

    Sarvinoz Ismoilova.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Shu uyda yashovchi Sarvinoz Ismoilovaning aytishicha, ko‘p qavatli uylarning gaz, elektr toki va suv tizimidagi muammolarni ham aholining o‘zi hal qilgan.

    Uyni topshirishmaganidan keyin aholi vakillari bilan yugura-yugura gaz, elektr toki va suv tizimlarini ulatib, keyin ko‘chib keldik. Viloyat hokimining ushbu hududni obodonlashtirish bo‘yicha qarori chiqqan bo‘lsa-da haligacha ishlar olib borilmayapti. Shahar hokimligi axborot xizmati ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat berdi-da, biroz vaqtdan keyin shu ma’lumotlarni kanalidan olib tashladi, — deydi Sarvinoz Ismoilova.

    Foto: Sarvinoz Ismoilova

    Qarshi shahar hokimi o‘rinbosar G‘ayrat Sultonov aholining shikoyati o‘rinli ekanini, mazkur kamchiliklar uchun mablag‘ ajratilganini aytmoqda.

    Qarshi shahar hokimligi.

    Qarshi shahar hokimligi.
    Foto: “Daryo”

    Majmuadagi ko‘p qavatli binolarga gaz, elektr toki, suv tarmoqlari o‘tkazilgan. Obodonlashtirish ishlari uchun viloyat hokimining 2022-yil 19-iyuldagi qarori bilan Qarshi shahridagi “Navo” MFY hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarga kirish yo‘llari qurish hamda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga mahalliy budjetdan 2 milliard 599 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

    Loyiha, smeta qilinib, ekspertizadan ham o‘tkazilgan. Hamma narsa tayyor turibdi. Ammo ishlar prezidentning “Budjetlararo munosabatlarni va soliq ma’muriyatchiligini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida” qarorining “Moliya vazirligi tegishli vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda budjet tizimi budjetlaridan asosiy vositalarni xarid qilish hamda bino va inshootlarni ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni joriy yil yakuniga qadar to‘xtatish (xarid qilish tartib-taomillari boshlangan, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik majburiyatlar bundan mustasno) va ushbu maqsadlar uchun joriy yilda rejalashtirilgan mablag‘larni qisqartirish yoki 2023-yilga o‘tkazish choralarini ko‘rsin”, deyilgan bandiga asosan to‘xtatildi. Taqiq olib tashlanishi bilan tender e’lon qilinadi va 15 kun ichida ishlar boshlab yuboriladi, — deydi G‘ayrat Sultonov.“Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    06.10.2022, 15:50   Izoh (0)   5136
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda o‘quvchi o‘qituvchini kaltakladi (video)

    06.10.2022, 15:43

    “Ba’zi mansabdorlar o‘z foydasiga yopiq qilib olgan bu ma’lumotni”. Rasul Kusherbayev shaharlarning bosh rejasini maxfiy hujjatlar qatoridan chiqarish kerakligi ha...

    06.10.2022, 15:38

    Tarmoqlarda direktor va bir necha xodimlar maktab qorovulxonasida spirtli ichimlik ichib o‘tirgani aks etgan video tarqaldi

    06.10.2022, 15:35

    Shavkat Mirziyoyev: “Meni eng qiynaydigan muammo — yoshlar tarbiyasi”

    06.10.2022, 15:26

    Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

    06.10.2022, 15:18

    Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etildi

    06.10.2022, 14:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 15:25

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.