“Namangan to‘qimachilik sanoati institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Institut to‘qimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi.
Institutda o‘quv jarayoni 2023/2024 o‘quv yilidan boshlanadi va kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
2024/2025 o‘quv yiliga qadar Institut huzurida to‘qimachilik texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2026/2027 o‘quv yiliga qadar Institutning kamida 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditasiyasidan o‘tkaziladi.
Izoh (0)