Tarmoqlarda maktab qorovulxonasida direktor va kotib hamda qorovul spirtli ichimlik ichib o‘tirgani aks etgan video tarqaldi.
Holatni tasvirga olgan shaxs qorovulxonada spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan shaxslarni birma-bir tanishtirgan.
Ularga “Nima uchun maktabda maishat qilyapsizlar”, deb savol bergan. Lekin hech kim javob bermagan.
Tasvir qachon olingani, voqea qaysi maktabda sodir bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.
Holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamovaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, hozirda videoda aytilgan ma’lumotlarga oydinlik kiritilmoqda. O‘rganish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Izoh (0)