Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida davlat budjetidan qaytarilgan QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) 12,7 trln so‘mdan oshdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum bo‘lishicha, jami 8 424 ta ariza bo‘yicha 4 833 korxonaga 12,77 trln so‘m qoplab berilgan.

Qaytarilgan QQS bo‘yicha hududlar orasida Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda — 596 ta korxonaga 1,8 trln so‘m. Keyingi pog‘onalarda mos ravishda Toshkent (651 mlrd so‘m) va Andijon viloyatiga (589,6 mlrd so‘m) tegishli bo‘ldi. 

Bundan tashqari yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha Davlat soliq inspeksiyasiga 124 ta korxona uchun 7,4 trln so‘m qaytarilgan.  

Sohalar kesimida eng ko‘p qoplab berilgan QQS ishlab chiqaruvchilarga bo‘ldi — mingdan oshiq korxonaga 7,1 trln so‘m. 

Shuningdek: 

  • chakana savdo — 1 390,6 mlrd so‘m (801 ta korxona);
  • ulgurji savdo — 946 mlrd so‘m (204 ta korxona);
  • qurilish — 848 mlrd so‘m (112 ta korxona);
  • qishloq xo‘jaligi — 613 mlrd so‘m (2 020 ta korxona);
  • import qiluvchilar — 549 mlrd so‘m (173 ta korxona);
  • boshqalar — 1 319,1 mlrd so‘m (404 ta korxona).

Ta’kidlanishicha, qoplab berilgan jami QQS o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 trln so‘mga ko‘p.   

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi