Parij va Fransiyaning boshqa bir qancha shaharlari 2022-yilgi Jahon Chempionatiga boykot e’lon qilmoqchi.
Birinchi bo‘lib Strasburg, Lill, Reyms va Marsel shaharlari boykot e’lon qilgan. Shundan so‘ng Parij ham ularga qo‘shilgan.
Boykot doirasida ushbu shaharlarda JCH—2022 o‘yinlari katta ekranlarda ko‘rsatilmaydi, shuningdek, muxlislar uchun fan-zonalar ham tashkil etilmaydi.
Shaharlar hokimiyatlari boykotning sabablari qatorida Qatarda qurilgan stadionlarning atrof-muhitga salbiy ta’siri, arenalar qurilishida mehnat sharoitlari va ishchilarning huquqlari buzilishi, mehnat muhojirlarining ekspluatatsiyasi kabilarni keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi 2022-yilgi Jahon Chempionati 20-noyabrdan 18-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)