• Profilga Kirish
  • f7554141-d524-40e6-90c4-2120ee3cb603.gif 9f59df2e-2282-4cae-806d-1124a078c783.gif 2259a857-9b97-49e7-a723-657864f002a6.gif 91b8b7fe-1d93-4aed-8133-e541f382c977.gif

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
Daryo.uz Daryo.uz
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12957
    • RUB127.77
    • EUR13345.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +13°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    TelegramYoutubeFacebookInstagram Twitter
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
      • Toshkent sh.
      • Qoraqalpog‘iston
      • Andijon
      • Farg‘ona
      • Namangan
      • Samarqand
      • Buxoro
      • Xorazm
      • Surxondaryo
      • Qashqadaryo
      • Jizzax
      • Sirdaryo
      • Toshkent viloyati
      • Navoiy
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz Daryo.uz
    Sport

    Velosiped o‘g‘risi, giyohvandlik va og‘ir o‘tgan bolalik. Zlatan Ibrahimovichning ko‘pchilikka noma’lum hikoyasi

    Zamonaviy futbolda Zlatan Ibrahimovich singari uzoq vaqt faoliyat olib borgan futbolchilarni topish mushkul. Zlatan oxirgi vaqtlarda jarohatga moyil bo‘lib qolganiga qaramasdan “Milan” bilan chempionlikka erishdi va hamon faoliyatini yakunlash haqida o‘ylagani yo‘q. 3-oktabr kuni shvetsiyalik hujumchi 41 yoshni qarshi oldi. “Daryo” shu munosabat bilan 2021-yil 5-oktabrdagi maqolani qayta taqdim etadi.

    Ibrahimovich o‘ziga ishongan va yo‘lidan chiqqan istalgan to‘siqni yenga oladigan futbolchi. Zlatan o‘z faoliyatini boshlagan Malmyoning gettosidagi qiyin hayot uni shu holatga keltirdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Gettodagi hayot, velosiped o‘g‘irlash

    Zlatanning oilasi Malmyo chekkasidagi Rusengord shaharchasida istiqomat qilgan. U yerda asosan dunyoning turli joylaridan kelgan muhojirlar yashardi: somaliliklar, turklar, polyaklar va o‘z davlati qulagandan so‘ng Shvetsiyaga qochib kelgan yugoslavlar. Ibrahimovichning ota-onasi ham yugoslaviyalik qochoqlarga aloqasi bor: otasi Shafiq Bosniyadan, onasi Yurka esa Xorvatiyadan.

    Zlatanning bolaligi og‘ir o‘tgan. Ikki yoshida ota-onasi ajrashgan. Onasi, uch opasi (biri tug‘ishgan, ikkitasi o‘gay) va akasi Aleksandr bilan birga qolgan. Farzandlarini boqish uchun ona har kuni 14 soat farroshlik qilardi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Hayot qiyinchiliklari sabab Ibra bolaligidanoq o‘g‘rilik va bezorilik qila boshlaydi. Bir kuni Zlatandan BMX velosipedini o‘g‘irlab ketishadi, u velosipedini 90-yillarning mashhur multqahramoni Fido Dido nomi bilan atagandi. Uni izlab topa olmagan Ibra o‘zi ham o‘g‘rilik qilishga qaror qiladi.

    Kunlarning birida men Remboga o‘xshab qora kiyinib, ko‘chaga chiqdim va bolt kesadigan asbob yordamida harbiy velosipedni o‘g‘irladim. O‘sha velosiped zo‘r edi. Menga yoqib qoldi. Ochig‘ini aytsam, menga velosiped emas, o‘sha jarayon, hissiyotlar qiziq edi. Tunda yurish o‘zgacha zavq bag‘ishlardi. Kamdan-kam hollarda meni tutib olishardi.

    Zlatan Ibrahimovich

    Qaysidir pallada o‘g‘rilik qilish ishtiyoqi shved bilan achchiq hazil qildi. O‘yindan so‘ng Ibra yana bir bor velosipedi o‘g‘irlab ketilganini bilib qoldi. Uyigacha masofa juda uzoq edi. Charchagan yigitcha kiyinish xonasi yonida turgan yangi velosipedni oldi va minib ketdi.

    Oradan bir necha kun o‘tgach, jamoaviy yig‘inda murabbiy yordamchisi bolalardan “Velosipedim yo‘qoldi, hech kim ko‘rmadimi?”, deb so‘radi. Qo‘rqib ketgan Ibra avvaliga jim o‘tirdi, keyin murabbiy yordamchisining oldiga borib tabassum bilan: “Bilasizmi, velosipedingizni men vaqtinchaga olgandim. Juda zarur bo‘lib qoldi. Ertaga qaytarib olib kelaman”, — dedi. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, u vaziyatdan chiqa oldi.

    Katta burni, bo‘yi uzunligi tufayli Zlatan tengdoshlari orasida ko‘p masxara qilinardi. Maktabda bolani majburan logopedga olib borishar, Zlatanning o‘zi buni haqorat deb qabul qilar edi. Tez orada ijtimoiy xizmat Sanela va Aleksandrning vasiyligini Yurkaga berdi, Zlatan esa otasi bilan yashay boshladi. Ayro yashashiga qaramasdan u opalari va onasi bilan iliq munosabatni saqlab qoladi.

    Ichkilikka ruju qo‘ygan bo‘lishiga qaramasdan Zlatan doim otasidan faxrlangan

    Shafiq qurilishda ishlab, yaxshigina maosh olardi. Maoshining katta qismini ichkilikka sarflar edi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Stolda, polkalarda, hammayoqda pivo bo‘lardi. Men ko‘pincha bo‘sh idishlarni yig‘ib, axlat qutisiga solib, tashlab yuborardim. Albatta, bu qayg‘uli. Bunday vaziyatda har safar boshqa bolalar singari kayfiyatga qarab gapiradigan bo‘ldim. Dadam bilan qachon gaplashish mumkinligini bilardim. Ichgan kunining ertasiga u bilan gaplashish befoyda edi. Ikki kundan keyin esa holat battar bo‘lardi.

    Zlatan Ibrahimovich

    Ushbu voqealar sabab Ibra alkogol va tamakiga doim qarshi bo‘lib kelgan. Bir marta bu prinsipiga qarshi borishga to‘g‘ri kelgan, 2005-yilda “Yuventus” bilan birga chempionga aylangach, David Trezege shvedga “litrbol” o‘ynashni (ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilish) taklif etadi.

    Ichkilikka ruju qo‘ygan bo‘lsa ham Shafiq g‘amxo‘r ota edi. Kimdir uning farzandlarini xafa qilsa, uni ayab o‘tirmasdi. Undan tashqari o‘g‘lini erkalatishni ham yaxshi ko‘rardi: “O‘sha vaqtlarda men futbolchilarning rasmlarini kolleksiya qilardim. Ko‘pincha hafsalam pir bo‘lardi, ayniqsa shved futbolchilari duch kelib qolsa, men ular haqida hech narsa bilmasdim. Bir kuni otam uyga ulkan quti ko‘tarib keldi. Bu shunchaki ajoyib edi. Uni ochganimda, eng yaxshi braziliyalik futbolchilarning suratlari jamlangandi. Ba’zan birga televizor ko‘rardik, suhbatlashardik. Barchasi ajoyib edi”.

    Shafiq Zlatan uchun nafaqat ota, haqiqiy erkaklik timsoli edi. “Men tishimni tishimga qo‘yib, oldinga yurishni o‘rgandim. O‘zimni ayamaslikni o‘rgandim. IKEA’dan yangi karavot xarid qilganimizdan so‘ng otamda transport uchun pul qolmagandi. Nima ham qila olardik? Barchasi oddiy. Otam karavotni yelkasiga ortdi va uygacha ko‘tarib olib bordi. Men esa ortidan borardim. ‘Ota, to‘xtang, dam oling!’. Lekin u yurishda davom etardi”.

    Zlatanning otasi Malmyoning o‘ziga xos Chak Norrisi edi. Uni hamma tanirdi va hurmat qilardi. Ota-onalar yig‘ilishiga borgan Shafiq Zlatan ustidan shikoyat qiluvchi o‘qituvchilarni jiddiy qarashi bilan darhol to‘xtatardi.

    Zlatanning o‘gay opasi giyohvandlik illati bilan kurashardi

    Onasining yoniga qaytganda ham Zlatan muammolardan holi bo‘lolmadi. O‘sha vaqtda o‘gay opasi taqiqlangan moddalar iste’mol qila boshladi. “Narkotik moddalar opamning hayotini barbod qildi. Har safar kimdir qo‘ng‘iroq qilganda yoki kelganda onam qaltirab, barchasi o‘tib ketganini aytardi”, — deydi Zlatan.

    Oradan vaqt o‘tib, opasi reabilitatsiya markaziga jo‘natildi va u yerda davolana boshladi. Tuzalganidan so‘ng u alohida uy oldi va onasi bilan barcha aloqalarini uzdi. Oilaviy ziddiyatlar Ibahimovichlar uchun odatiy hol edi.

    Ibra opasi bilan oxirgi uchrashuvlaridan birida u yana narkotik modda iste’mol qilayotganini sezib qoladi. “Tug‘ilgan kunimda opamni ko‘rishga bordim. U yana narkotik bilan edi. Yuvinish xonasiga borayotganimda, u xavotir bilan meni to‘xtatdi. O‘zi u yerga kirdi va narsalarni joyini o‘zgartira boshladi. Bu yerda nimadir bor deb o‘yladim”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ikkinchi o‘gay opasi ham Zlatanning oilasi bilan aloqalarini uzgan. Barchasi Yurkaning chidab bo‘lmas xarakteri tufayli edi. Oradan 15 yil o‘tgach, u baribir onasiga qo‘ng‘iroq qildi. Aniqrog‘i uning farzandi, Yurkaning nabirasi go‘shakning narigi tarafida gapirardi.

    “Salom, buvijon”, — dedi bolakay. Lekin Yurka gaplashgisi kelmayotganini bildirdi. Sanela go‘shakni oldi va “afsusdaman”, deya qo‘yib qo‘ydi. Bu vaziyat butun umr Zlatanning yodida qoldi.

    Ibra xokkey yoki taekvondoga o‘tib ketishi mumkin edi

    Zlatan 6 yoshida mahalliy futbol maktabiga boradi. Shvetsiyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaqtda g‘alabalar unchalik ahamiyat kasb etmagan — uni ko‘proq fintlari orqali raqiblar ustidan kulish qiziqtirgan. Murabbiylarning haddan tashqari qattiqqo‘lligi va Ibraning o‘jarligi futbolchini Bolqon muhojirlari to‘p suradigan “Bolqon” jamoasiga ketishga majbur qildi.

    “Bolqon”dagi barcha bolalar bir-birini haqoratlar, sigaret chekar, bir-biriga oyoq kiyim uloqtirardi. Shunda Zlatan: “Ajoyib, xuddi uyimdagidek. Mening joyim shu yerda!”, — dedi.

    “Murabbiy Bolqondan edi. Yugoslaviyada u yuqori darajada o‘ynagan. U bizga otadek edi. Ba’zan bizni uyiga chaqirib, muzqaymoq yoki turli taomlar bilan mehmon qilardi”, — eslaydi Zlatan.

    Ibra qisqa muddat darvozabon pozitsiyasida o‘ynab ko‘rdi. Yangi ampluada u ko‘p gol o‘tkazib yuborardi. Bu esa Zlatanning futboldan bezishiga olib keldi va xokkeyga o‘tishga qaror qildi. Bir necha kundan so‘ng esa ortga qaytib keldi: “Nazar tashlashning o‘zi kifoya qildi. Jin ursin, buning  uchun (xokkey) shuncha narsa olish kerak. Yana mana shu matohlarga pul sarflash kerak. Yagona variant — bu la’nati futbolga qaytish”, — degandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Hujumga qaytgan Ibra yana eng yaxshilardan biriga aylandi. Mahalliy jamoaga qarshi o‘yinda Zlatan zaxirada qoldirildi. Jamoadoshlari kabi uning o‘zi ham bundan hayratda edi. Birinchi bo‘limdan so‘ng “Bolqon” 0:4 hisobida yutqazayotgandi. Ikkinchi bo‘limda murabbiy Ibrahimovichni maydonga tushirdi va u 8 ta gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

    Shafiq o‘g‘liga kattaroq jamoalarda o‘ynash vaqti kelganligi, unga “Malmyo” varianti ma’qulligini aytadi. Zlatan bunday jamoa borligini ham bilmasdi, shunchaki otasining so‘zini qaytara olmagani uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun boradi. Ikki kundan so‘ng esa u jamoaga qabul qilinadi.

    Ibra yangi jamoasida ham o‘zgarmadi. Har doimgidek, jamoaviy qoidalarga tupurgan edi. Bir kuni hakam hissiyotlarga berilgani uchun Ibraga sariq kartochka ko‘rsatadi. Zlatan esa javoban uni uzoqroqqa uloqtirib yubordi. Natijada qizil kartochka bilan siylandi.

    Jamoadoshlarining ota-onalari ham Zlatandan norozi edi. Ular shvetsiyalik yigitchaning o‘ziga bino qo‘yganidan shikoyat qilardi. Futbol vaqtida Zlatan maydondagi bir futbolchini yerga yiqitdi. Albatta, ertasiga Ibrahimovichda insoniy tuyg‘ular uyg‘onib, jabrlangan futbolchidan uzr so‘rash uchun shifoxonaga bordi. Ammo ota-onalar Zlatanni jamoadan haydash uchun petitsiyani boshlagan edi. Bundan xabar topgan futbolchi taekvondoga o‘tib ketmoqchi bo‘ladi. “Malmyo” murabbiyi uni tinchlantirib, Zlatanning ko‘z oldida petitsiya qog‘ozini bo‘laklarga bo‘lib tashlaydi.

    Vaqt o‘tib, Ibra jamoada do‘stlar orttiradi. Ammo kiyim almashtirish xonasida asabiylik saqlanib qolgandi. Hujumchi to‘pni hech kimga oshirmas, tez-tez uni oldirib qo‘yar, hammani o‘ngga-chapga yo‘naltirardi. Ko‘pchilik Zlatanning “Malmyo”dan ketishini xohlar, uning o‘zi ham shu qarorda edi.

    Yoshlar murabbiyi Zlatanni asosiy jamoaga o‘tkazishni o‘ylab qoldi. U rahbariyatni iste’dodli futbolchi bilan shartnoma imzolashga ko‘ndirdi. Shu tariqa shved asosiy jamoaga o‘tdi.

    1999-yil 17 yoshli Zlatan “Malmyo”ning birinchi jamoasida debyut qiladi. U 47 ta o‘yinda 18 ta gol urib, jamoasining yuqori divizionga o‘tishiga yordam berdi. Ikki mavsumdan so‘ng esa Yevropaning top-ligalarini zabt etish uchun jamoani tark etdi. U Arsen Vengerga keskin rad javobini berdi va Amsterdamning “Ayaks”iga o‘tib ketdi. Qolgani endi boshqa hikoya...

    03.10.2022, 23:51   Izoh (0)   32911
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Mavzuga doir

    Superliga. “Neftchi” safarda “Lokomotiv”ni mag’lub etdi, “Surxon” “Qo‘qon-1912” ustidan irodali g‘alabaga erishdi

    03.10.2022, 20:52

    Superliga 21-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi

    03.10.2022, 19:07

    “Manchester Siti” futbolchisi Fil Foden Lionel Messining rekordini yangiladi

    03.10.2022, 18:01

    Karlo Anchelotti: “Benzema ‘Real’ning eng yaxshi penalti tepuvchisi”

    03.10.2022, 16:02

    Tennis. Novak Jokovich faoliyatidagi 89-sovrinini qo‘lga kiritdi

    03.10.2022, 15:02

    “Nasaf” 21 yil deganda ilk bor “Paxtakor”ni safarda mag‘lub etdi

    03.10.2022, 14:01

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangi Hyundai Tucson. Endi O‘zbekistonda! 


    Huawei ULTIMATE DESIGN konsepsiyasining yangi bobini ochmoqda


    O‘zbekistonliklar yangi yil bayramlarida nimalarni tomosha qildi, o‘qidi va tingladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 7 trillion 300 milliard so‘m kredit ajratdi


    Biznesni rivojlantirish banki tizimida mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi


    Asialuxe Travel’dan Turkiyaga turlarni erta band qilish uchun 55% gacha chegirmalar


    Silk Avia O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun 14 ta yo‘nalishni taklif etadi   


    Coca-Cola yangi yil mo‘jizasini yaratmoqda: mashhur karvon O‘zbekistonning 10 ta shahriga tashrif buyurdi


    Central Asian Business Expo 2024 natijalari: 70 dan ortiq kompaniya O‘zbekistonning IT soha uchun taqdim etayotgan biznes imkoniyatlari bilan tanishdi


    O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk GTES qurilishi amalga oshiriladi


    Astana Motors Uzbekistan O‘zbekiston xalqi va mamlakat mehmonlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaydi!


    HUAWEI’dan Yangi yil tuhfalari: har bir gadjet uchun sovg‘a!


    HYUNDAI Staria – sayohat qiling va oson ishlang


    96 ta filial, qahvaxonalar va go‘sht sexi: qanday qilib Oqtepa Lavash tez o‘sib borayotgan tarmoqlarning biriga aylandi


    Xon Saroy kompaniyasi - 2024-yil natijalari bilan bo‘lishdi

    Tavsiya etamiz

    2025-yilning 13—19-yanvari uchun munajjimlar bashorati

    Bugun, 12:10

    Donald Trampning "xarxasha"lari borasida AQSHdagi o‘zbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?

    Kecha, 23:02

    Savollarni ko‘paytirgan sud: “Do‘stov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar

    11 yanvar, 15:50

    Yopiq hujjatlar chindan ham yopiqmi? Poytaxt hokimliklari nega qaror va farmoyishlarni yashirmoqda?

    10 yanvar, 12:15

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda 5 nafar erkak vafot etdi. Ular aroqdan zaharlangan bo‘lishi mumkin

    Mahalliy (O‘zb) | Bugun, 16:50

    Hind kinosi qiroli Shohrux Xon bugungi kunda qanday ko‘rinishda? (foto)

    Layfstayl | Bugun, 16:45

    O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    Mahalliy (O‘zb) | Bugun, 16:35

    Bayden G‘azoda o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi

    Dunyo | Bugun, 16:25

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    Mahalliy (O‘zb) | Bugun, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    TelegramYoutubeFacebookInstagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.