Braziliyalik sobiq futbolchi Roberto Karlos O‘zbekiston terma jamoasi va “Ural” klubi yarim himoyachisi Oston O‘runovni to‘y munosabati bilan tabrikladi.
Sobiq himoyachi Oston va uning turmush o‘rtog‘i Hilolaga baxt tilagan. Juftlik 28-sentabr kuni turmush qurgandi.
O‘zbekistonlik futbolchi Karlosning tabrigi aks etgan videoni o‘z Instagram sahifasiga joylagan va buning uchun braziliyalik futbol afsonasiga minnatdorchilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Roberto Karlos futbolchilik faoliyati davomida “Real”, “Inter”, “Anji” va boshqa qator jamoalar sharafini himoya qilgan.
Izoh (0)