“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe parijliklar klubining transfer siyosatidan norozi bo‘lmoqda.
RMC Sport nashrining xabar qilishicha, Parij klubi yozgi transfer oynasida jahon darajasidagi markaziy hujumchi olib kelmagani Mbappega yoqmayapti. Bu borada Kilian yaqinda “PSJ”ning transfer kampaniyasi u qadar omadli bo‘lmaganini aytgan Luish Kampush bilan hamfikr.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Kristof Galte ham o‘z qarashlarini bayon qilar ekan, rahbariyat hujumni kuchaytirish uchun yangi futbolchi olib kelmoqchi bo‘lgani, biroq buning uddasidan chiqa olmaganini aytgandi.
Avvalroq Mbappe klubga qaraganda terma jamoa erkinroq harakat qilishi, sababi u yerda Olivye Jirudek markaziy hujumchi borligi haqida gapirgandi.
Qayd etilishicha, “PSJ” Mbappe bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar vaqtida jamoaga yuqori darajadagi markaziy hujumchi olib kelinishini va’da bergan. Kilian klub bu va’dani bajarmaganidan norozi.
Yozda Parij jamoasi Robert Levandovski, Janluka Skamakka va Markus Reshford kabi hujumchilarga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Izoh (0)