Namangan viloyatida ruhiy kasal kishi “Jiguli”ni olib qochgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 24-sentabr kuni soat 14:00 larda noma’lum shaxs “Alisher Navoiy” MFY hududida joylashgan istirohat bog‘i oldida bo‘la turib, shu yerda 55 yoshli Y.M.ga tegishli bo‘lgan “VAZ-2106” (“Jiguli”)ni eshiklarini ochiq va qarovsiz qoldirganligidan foydalanib, uni olib qochgan.
Avtoulovni topish va noma’lum shaxsni ushlash borasida olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, mazkur avtomashina Yangiqo‘rg‘on tumani Buloqboshi hududida joylashgan dala maydonida noma’lum shaxs tomonidan haydab boshqarib ketilayotganda IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Noma’lum shaxsning shaxsiga aniqlik tekshirilganda, u Yangiqo‘rg‘on tumani Sho‘rko‘l ko‘chasida yashovchi ruhiy kasal 30 yoshli K.M. ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddadagi jinoyatni sodir etganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)