“Yuventus” matbuot xizmati klub 2021/22-yilgi mavsumni moliyaviy zarar bilan yopganini ma’lum qildi.
Turinliklar ketma-ket beshinchi marta mavsumni zarar bilan yakunlamoqda. 2021/22-yilgi mavsumda klub daromadning kamayishi va xarajatlarning ortishi hisobiga rekord darajadagi 254 million yevro moliyaviy zarar ko‘rgan.
“Yuventus” koronavirus pandemiyasining ta’sirini his qilishda davom etayotgani sababli 2022/23-moliyaviy yilni ham zarar bilan yakunlashini ma’lum qilgan.
Izoh (0)