Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yo‘l-transport xizmati xodimi fuqaroga qo‘l ko‘tarib, uni bo‘g‘ayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Tarmoqda tarqalgan xabarda ushbu O‘tkir ismli YPX xodimi bu kabi “ishkallarga” doimiy ravishda aralashib yurishi aytilgan.
Qashqadaryo IIBning ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
Izoh (0)