• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Turizm uchun aslida Kosonsoydan jozibali hududni topish qiyin”. Imkoniyatlaridan unumli foydalanmagani uchun sinov muddati belgilangan Kosonsoy hokimining xulosalari

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Namangan viloyatining Kosonsoy tumani ham tanqid qilinib, hudud hokimiga sohada o‘zgarishlar qilishi uchun uch oy sinov muddati berildi. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev Kosonsoy tumani hokimi Dilmurod Qodirov bilan uchrashib, tanqiddan keyingi xulosalar va kelgusidagi rejalar haqida suhbatlashdi.

    Kosonsoy tumani hokimi Dilmurod Qodirov.

    Kosonsoy tumani hokimi Dilmurod Qodirov.
    Foto: Kosonsoy tuman hokimligi axborot xizmati
    Turizm uchun Kosonsoy tumani kabi jozibali hududni topish qiyin. Tarixiy yodgorliklar bisyor, tabiati betakror, sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun infratuzilma yaratilgan. Faqat biz mutasaddilar bu imkoniyatlardan to‘laqonli foydalana olmadik va davlat rahbari tomonidan haqli ravishda e’tiroz bildirildi. Endi bu yo‘nalishda e’tiborsiz bo‘lish va sustkashlik qilishga haqqimiz yo‘q”, — deydi tuman hokimi.

    Mug‘tepa arxeologik yodgorligi.

    Mug‘tepa arxeologik yodgorligi.
    Foto: Kosonsoy tuman hokimligi axborot xizmati

    Dilmurod Qodirovning qayd etishicha, ikki ming yildan ortiq tarixga ega ko‘hna Kosonsoyda turistlarni jalb etadigan yigirmadan ortiq arxeologik va me’moriy obidalar bor. Jumladan, Kushoniylar davlati poytaxti bo‘lgan Mug‘tepa arxeologik yodgorligi, o‘ninchi asrga oid “G‘o‘zapoyamozor”, qadimiy yer osti hammomlari, “Shayx Yusufxon Eshon”, “Maxdumi A’zam” ziyoratgohlari, “Jome’” va “Sadpiri komil” masjidlari ziyorat turizmini jadal rivojlantirish uchun muhim omil bo‘la oladi.

    Kosonsoy jome masjidi

    Kosonsoy jome masjidi
    Foto: Kosonsoy tuman hokimligi axborot xizmati
    Tumanimizda respublikaning barcha viloyatlari va qo‘shni davlatlar, xususan, Qirg‘izistondan keladigan davolanuvchilarning qadami uzilmaydigan sanatoriylarimiz bor. Demak, tibbiy turizmni yo‘lga qo‘yish uchun sharoitlar yetarli. Yoz oylari tumanimizdagi 150 dan ortiq dam olish maskanlariga kuniga minglab odam keladi. Afsuski, bu maskanlarning barchasi ham xavfsizlik va tashqi ko‘rinish borasida talabga javob beravermaydi. Ularni qayta xatlovdan o‘tkazib, tadbirkorlarimiz bilan bamaslahat xorijlik sayyohlarni ham o‘ziga jalb etadigan ko‘rinishda boshqatdan loyihalashni rejalashtiryapmiz.Dilmurod Qodirov, Kosonsoy tumani hokimi

    Kosonsoy tuman madaniyat va istirohat bog‘i.

    Kosonsoy tuman madaniyat va istirohat bog‘i.
    Foto: Kosonsoy tuman hokimligi axborot xizmati

    Kosonsoyning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida tuman hokimligi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga muvofiq, 2022-yil yakuniga qadar “Olmazor” mahallasi hududida “So‘lim obi hayot” MCHJ tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan umumiy qiymati 15 milliard so‘mlik “Sog‘lomlashtirish maskani” faoliyatini kengaytirish, “Shirin turizm xizmat ko‘rsatish” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 1 milliard so‘m bo‘lgan “Turizm xizmatini tashkil etish” loyihasini ishga tushirish, “Beshtegirmon barakasi” oilaviy korxonasi tomonidan “Dam olish maskanini kengaytirish va mehmon uylari tashkil etish” loyihasini amalga oshirish, “Bahoriston” mahallasidagi mototrassada “Savanna” motoklubi kuboki, hunarmandlarning viloyat festivali va dorbozlar o‘rtasida respublika musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilgan. Joriy yil oxirigacha “Oilaviy mehmon uylari” soni 70 taga yetkaziladi, turizm obyektlarida Wi-Fi hududlari ko‘paytiriladi.

    “Maxdumi A’zam” ziyoratgohi.

    “Maxdumi A’zam” ziyoratgohi.
    Foto: Kosonsoy tuman hokimligi axborot xizmati
    Davlat rahbari tomonidan videoselektorda aytilgan “har bir hokim mening viloyatim, shahar va tumanimga sayyohlar qayerga va nimani ko‘rishga keladi degan savolni o‘ziga berishi kerak” degan ta’kid juda o‘rinli. Tumanda shu haqli savolga to‘g‘ri javob topishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga allaqachon kirishdik. Bu sa’y-harakatlarimiz yil yakuniga qadar samarasini beradi va Kosonsoy mahalliy hamda xorijiy sayyohlar xaritasidagi eng jozibali manzillardan biri bo‘lib qoladi.

    Dilmurod Qodirov, Kosonsoy tumani hokimi

    Mavzuga doir: “Haftaning har jumasini turizm kuni deb belgiladik”. Turizm salohiyati pastligi sabab ishdan olingan Urgut hokimi prezident tanqididan keyingi xulosalari haqida

    21.09.2022, 17:33   Izoh (0)   12879
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mening kotibim ham talaba, to‘liq stavkada ishlaydigan xodimdan, uning shijoati boshqacharoq” – Abduqodir Toshqulov

    21.09.2022, 17:28

    Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlarida elektr energiyasidagi qarzdorlikni yo‘q qilish uchun pul olgan mas’ullar ushlandi

    21.09.2022, 17:16

    Andijondagi janjalda 36 yoshli erkak vafot etdi. Marhumning yaqinlari uni do‘kon sotuvchisi urib o‘ldirganini aytmoqda

    21.09.2022, 17:04

    “Tadbirkorlar maktabi”: biznesni boshlash va boshqarishda dastlabki saboqni oling

    21.09.2022, 16:38

    Shavkat Mirziyoyev maishiy kimyo vositalari bozorida xalqaro brendlarni olib kelish vazifasini qo‘ydi

    21.09.2022, 16:31

    ​Andijondagi gaz zapravkada Damas gaz balloni portladi

    21.09.2022, 16:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30

    Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:25

    Xitoyda ilk bor robotlar ishtirokida futbol turniri o‘tkazildi (video)

    Texnologiyalar | 2 iyul, 10:14

    “PSJ” “Bavariya”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning chorak final jufliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 10:05

    Toshkent viloyatida pora evaziga 3 mln dollar kredit olib bermoqchi bo‘lganlar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.