Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga 2020-yil 12—13-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan tashrifi chog‘ida davlat rahbari tomonidan faoliyati qoniqarsiz deb baholangan Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliyev viloyat hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi sektor rahbarlari ishonch bildirgach, faoliyatini davom ettirayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Kasbi hokimi To‘xtamurod Meyliyev bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Matbuot anjumanida so‘z olgan “Daryo” muxbiri hokimga yuzlanib, Prezident tanqididan so‘ng qanday xulosa chiqargani va tanqiddan keyin aynan qaysi tuman hokimlaridan o‘rnak olib, faoliyatini davom ettirgani bilan qiziqdi.

To‘xtamurod Meyliyev.

To‘xtamurod Meyliyev.
Foto: “Daryo”

“Viloyatda eng yosh hokim bo‘lganim bois barcha tuman va shahar hokimlarini o‘zimga ustoz deb bilaman. Barcha hokimlardan o‘rganadigan jihatlarim bor. Masalan, yonimizda turgan Koson hokimidan fuqarolarni qabul qilishi va tadbirkorlar bilan ishlashini, Dehqonobod hokimidan tuni bilan fuqarolar muammosini o‘rganib, qabul o‘tkazishini, Chiroqchi hokimidan investitsion loyihalar bilan ishlashini yoki Qamashi, Yakkabog‘ tumanlari, tog‘li hududlardan yerni o‘zlashtirishni o‘rganib boraman. Ularning barchasi menga ustoz, eng katta ustozim esa viloyatimiz hokimi Zoir Toirovich!”, — dedi tuman hokimi savolga javob berar ekan.

Foto: “Daryo”

Kasbi hokimi To‘xtamurod Meyliyevning ma’lumot berishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga 2020-yil 12—13-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan tashrifi chog‘ida Qarshida shahrida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hokim boshchiligidagi sektor rahbarlari faoliyati qoniqarsiz baholangach, viloyat hokimi Zoir Mirzayev rahbarligidagi sektor boshliqlari “o‘rtaga tushgan”.

“Muhtaram prezidentimiz tanqididan so‘ng menga yana imkon berildi. Prezidentimiz viloyat hokimiga ‘taklif beringlar’ degach, viloyat hokimi Zoir Toirovich boshchiligidagi viloyat prokurori, viloyat IIB va soliq boshlig‘i menga ishonch bildirdi. Shundan so‘ng, muhtaram prezidentimiz menga yana imkoniyat berdi. Viloyat hokimi Zoir Toirovich esa menga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, tumandagi imkoniyatlarni sanab, nima qilish kerakligigacha aytib berdi. Shundan so‘ng men boshchiligimdagi sektor rahbarlari shu yo‘nalishda faoliyat yuritdik”, — dedi To‘xtamurod Meyliyev.

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari boshchiligida 2020-yil 13-noyabr kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezident so‘roviga javob bergan To‘xtamurod Meyliyev “Har haftaning payshanba kuni tadbirkorlarni tinglab, ularning muammosini hal etyapman”, degach Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimga tuman rahbarlariga tadbirkorlar bilan uch kun muloqot qilishni buyurganini eslatib, “Tadbirkorlarni nega faqat bir kun eshitasan? Tadbirkorlarni eshitib, ularning muammosini hal qilishdan boshqa yana qanday zarur ishlaring bor?”, degandi. Va Kasbi tumani rahbarlari ishidan qoniqmayotganini bildirib, ularni yig‘ilish davomida ishdan olganini, agar mas’ullar ularga kafil bo‘lib Kasbida o‘zgarishlar qilinishiga ishonsa, To‘xtamurod Meyliyev boshchiligidagi rahbarlarni lavozimida qoldirishini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi
Maslahatlar
Saratonga qarshi va immunitet uchun foydali: “Xolodes” tayyorlash uchun 5 ta sabab
Dunyo
Dollarning qadrsizlanishi oqibatida oltin narxi oshib bormoqda