Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekistonning ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, davlat rahbari bu yili turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlanganini ta’kidlagan. Jumladan:

  • sentabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonga kelgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravarga ko‘paydi va 3,1 million nafarni tashkil etdi;
  • yil boshidan turizm eksporti hajmi 926 million dollar bo‘ldi (2019-yil davomida 951 million dollar bo‘lgan);
  • mamlakatga kelgan mehmonlarning sayohati o‘rtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablag‘i 305 dollargacha ko‘paydi (bu 2019-yilda o‘rtacha 3 kunni tashkil etib, ular 195 dollar sarflagan);
Shuningdek, ichki sayohat qiluvchilar soni ham o‘tgan yilga nisbatan 3,5 baravarga o‘sib, 7,5 million nafarni tashkil qilgan.

Turizmda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qo‘liga ish haqi bo‘lib borishi, sanoatda va boshqa tarmoqlarda bu 10 foizdan oshmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Turizm sohasida yaratilgan bitta ish o‘rni turdosh tarmoqlarda qo‘shimcha ikkita ish o‘rni paydo bo‘lishiga turtki beradi.

“Buni tushungan viloyat, tuman va shahar hokimlari tadbirkorlar bilan ishlab, sayyohlar keladigan joylarni ko‘paytiryapti”, — deydi prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)