Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Prezident so‘zining avvalida dunyoda yuzaga kelayotgan holatlar haqida gapirib o‘tdi.
“Kechadan oldin kuni siyosat boshqa edi, kecha boshqa bo‘ldi. O‘tgan kuni ikkita qo‘shni davlat rahbarlari bilan gaplashdim. Davlat rahbari bo‘lib xalqni manfaatini o‘ylab, kechasiyu-kunduzi tinim bilmay xalq uchun ishlasak yaxshi bo‘ladi. Men Jizzax viloyati hokimi bo‘lib yurganimda qo‘shni chegaralar bilan qancha muammolar bo‘ldi.6 yil avval chegaramizda mina turardi. Agar shu minalar olinmaganda hozir tinchlik bo‘larmidi, bordi-keldi bo‘larmidi? O‘z vaqtida hal qilgan muammomiz yaxshi bo‘ldi hozir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)