Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan korxonada 22-sentabr kuni yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahar “Marg‘ilon darvozasi” MFY Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar soat 04:24 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 04:26 da yetib borib, yong‘in soat 06:20 da qurshab olingan va soat 07:20 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida korxona binosining taxminan 300 kvadrat metr maydonida tom qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)