• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiya Qurolli kuchlarida xizmat qilish uchun yillik shartnoma tuzgan migrantlarga soddalashtirilgan tartibda fuqarolik beriladi

    Moskvadagi “Saxarovo” migratsiya bandlik markazida Rossiya Mudofaa vazirligiga xorijliklarning harbiy xizmatga kirishini tashkil etishda yordam berish uchun infratuzilma yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.

    Foto: zanevkaorg.ru

    Foto: zanevkaorg.ru

    “Yaqin kelajakda Moskva hukumati Rossiya Mudofaa vazirligiga xorijiy fuqarolarning harbiy xizmatga kirishini tashkil qilishda yordam berish uchun Saxarovoda to‘liq infratuzilma yaratadi”, — deydi u. Sobyaninning qo‘shimcha qilishicha, shartnomalarni tuzish jarayoni xorijliklar uchun imkon qadar qulay tarzda amalga oshiriladi.

    Sobyanin, shuningdek, Davlat dumasi qonun qabul qilganini qo‘shimcha qildi, unga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarida xizmat qilish uchun yillik shartnoma tuzgan xorijliklar soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishlari mumkin.

    Ushbu o‘zgarish xorijiy harbiy xizmatchilarga yashash ruxsatnomasi olmasdan, shuningdek, yashash uchun ruxsatnoma olgan kundan boshlab besh yil davomida Rossiyada doimiy yashash shartisiz mamlakat fuqaroligini olish uchun ariza topshirish imkonini beradi.

    Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, harbiy shartnoma bo‘yicha kamida uch yil xizmat qilish kerak edi. Shuningdek, harbiy xizmatga askar, dengizchi hamda serjant sifatida kirayotgan xorijlik tomonidan Mudofaa vazirligi bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan birinchi shartnoma muddati ham bir yilga qisqartiriladi.

    Iqtisodchi Otabek Bakirov ushbu voqealar fonida o‘z shaxsiy fikrlarini yozib qoldirdi.

    Uchta yomon xabar va, afsuski, ularning hammasi bir-birini to‘ldiradi.

    Birinchi yomon xabar. Rossiya Jinoyat kodeksi yanada vahshiylashtirilyapti va endi safarbarlik, urush davri, harbiy harakatlar qoidalari, oqibatlar keltirib chiqaradigan o‘ta dahshatli qamoq jazolari kiritilmoqda. Quturgan printer laqabli gosduma bugunning o‘zida, federatsiya kengashi hatto tunda qonunni tasdiqlashi mumkin.

    Ikkinchi yomon xabar. Fas degan topshiriq bo‘lishi bilan rus bosqinchilar va ularning ityaloqlari bosib olingan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye hududlarida 23–27-sentabr kunlari Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar o‘tkazish harakatiga tushib qolishdi. Na ichki, na xalqaro qonunlarga muvofiq keladigan bu referendumlar feyk ekanini bosqinchilar o‘zlari ham bilishini va asl maqsad boshqa ekanini yodda tutib turing.

    Uchinchi yomon xabar. Mehnat migrantlari uchun qurilgan Saxarovo markazida xorijliklarga Rossiya armiyasiga xizmatga kirish uchun infratuzilma yaratilmoqda. Migrantlar shu yerning o‘zida Rossiya armiyasiga qo‘shilishi mumkin. Bugunning o‘zida gosduma Rossiya armiyasida xizmat qiluvchilarga rus fuqaroligini eng oson tartibda berishni ta’minlovchi qonunni tasdiqladi.

    Shunday qilib, kelasi hafta ommaviy mobilizatsiya va migrantlarni armiyaga tortish tadbirlari boshlanishi ehtimoli soat sayin oshib boryapti. Fikrlar mutlaqo shaxsiy, — deb yozadi iqtisodchi bloger.

    Shuningdek, yurist Zarnigor Omonillayeva ham ushbu jarayon yuzasidan Telegram-kanalida “Ehtiyot bo‘ling!” sarlavhali post qoldirdi. Unda chet davlatlar armiyasiga yollanma askar sifatida qo‘shilganlik uchun qanday jazolar bor ekani Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida tushuntirib berilgan.
    Birin-ketin ochiqlanayotgan qonunlardagi o‘zgarishlarga ko‘ra, endi Rossiya fuqaroligini 1 yildan ortiq Rossiyada yollanma harbiy bo‘lib, xizmat qilganlarga berishmoqchi. Ya’ni Rossiya idoralarining birortasi tarkibida bir yildan ortiq xizmat qilsangiz, fuqarolik taklif qilishmoqda.

    Bu haqida qonun Gosdumada uch muhokamadan o‘tgan. Agar senat ma’qullab, prezident imzo qo‘ysa, qonun kuchga kiradi. Hozircha 20.09.2022-yil holatiga ko‘ra kuchga kirgani yo‘q.

    Shu o‘rinda eslatib qo‘ymoqchiman:

    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Jinoyat kodeksining 154.1-moddasiga ko‘ra chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bundan tashqari, yollanish uchun ham Jinoyat kodeksining 154-moddasi bor. Yollanma askar bo‘lganlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

    Tojikiston Respublikasi fuqarosi bo‘lsangiz, Tojikiston Jinoyat kodeksining 401.1-moddasiga ko‘ra 12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga tortilasiz.

    Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 416-moddasiga ko‘ra 7 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga tortiladi.

    Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 162.1-moddasiga ko‘ra Qozog‘iston fuqarolari 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

    Shuning uchun Saxarovoda Moskva meri tarafidan e’lon qilingan harbiy xizmatga yollanish punktlarini 700 metr naridan aylanib o‘ting, u yerga yaqinlashmang. Judayam xunuk va boshqa davlatlarga nisbatan hurmatsizlik shaklida tashkil etilayotgan ushbu punkt bejizga aynan Saxarovoda yo‘lga qo‘yilmayapti. Saxarovoga oddiy migrantlar keladi. Asosan patent uchun keladi. Ularni aldash esa oson.

    Hali qabul qilinmagan qonun uchun allaqachon yollanma askarlarni rasmiylashtiradigan infratuzilmani tashkil etish ochiqdan ochiq urushga targ‘ibot sanaladi, — deb yozadi u.

    Tadbirkor Firuz Allayev ham Rossiya Qurolli kuchlari safiga qo‘shilganlik uchun mamlakat fuqaroligi berilishi haqidagi xabarlarga shaxsiy munosabatini bildirib o‘tdi.
    Endi kimda kim Rossiya armiyasiga bir yilga yollanma askar bo‘lsa, unga muammosiz Rossiya fuqaroligi beriladi. Bu nima degani? Bu Ukrainadagi urushda foydalanish uchun Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni jalb qilishmoqchi. Rossiyada patent ololmay qiynalib yurgan ishchiga fuqarolik qiziq bo‘lishi mumkin.

    Lekin O‘zbekiston qonunlari bo‘yicha boshqa davlat armiyasiga yollangan shaxs 7 yildan 12 yilgacha qamaladi. Endi ruslar shunchaki shartnoma qilasan, zaxirada turasan, urushga bormaysan, degan aldovlar bilan biznikilarni jalb qilishi mumkin. Lekin amalda yollangan askar Ukrainada urushning o‘chog‘iga tashlanadi. U yerda Rossiya armiyasining ahvoli bo‘lsa juda og‘ir.

    Ehtiyot bo‘ling, Rossiya ketadigan va ketgan yaqinlaringizni ogohlantiring. Rossiya pasportiga qiziqib, jinoyatchiga aylanishmasin, ham hayotlarini xavf ostiga qo‘yishmasin, — deya ogohlikka chaqiradi Allayev.

    Ma’lumot uchun, Ukraina Qurolli kuchlari strategik aloqa departamenti vakillari Markaziy Osiyo aholisiga murojaat bilan chiqqandi. Ularning Markaziy Osiyo aholisiga qilgan murojaatida O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisidan uyda qolib, o‘z vatanlari farovonligi uchun xizmat qilishlari so‘ralgan.
    O‘zbekiston fuqarolari, boshqa buyuk turkiy xalqlar vakillari, sizlar Rossiya tomonidan Ukrainaga urushga borib, Putinning xohish-istaklari yo‘lida o‘zingizni qurbon qilmang. Uyda qoling va mamlakatingizga xizmat qiling, — deyilgan StratCom bayonotida.
    Avvalroq Ukraina bosh razvedka boshqarmasi Rossiya Moskva viloyatida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolarini Qurolli kuchlar safiga jalb etayotgani haqida xabar bergandi.

    Mavzuga doir:

    • LXRda zudlik bilan Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish taklif qilindi
    • LXR Rossiyaga qo'shilish bo'yicha referendumni “bir kunda bitadigan ish emas” deb atadi
    • LXRdan keyin DXRda ham zudlik bilan referendum o‘tkazish masalasi ko‘tarildi

    20.09.2022, 18:27   Izoh (1)   17967
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 427104938@telegram.org / 21.09.2022, 09:04

      3 - jaxon urush ostonasida turganga oxshaymiz yaqin oylarda dunyo ikkiga ajraladi bu ketish bo'lsa yanada Alloh bilguvchiroq o'zi Asrasin urush balosidan

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Afrikaga eksportni ko‘paytirish bo‘yicha Misr bilan hamkorlik qiladi

    20.09.2022, 18:15

    Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan suhbatdan so‘ng Qirg‘iziston prezidenti bilan ham qo‘ng‘iroqlashdi

    20.09.2022, 17:58

    “Toshkent shahrida tirbandlik masalasiga oxirgi 5 yilda katta e’tibor qaratilmoqda” – Furqat Mahmudxo‘jayev

    20.09.2022, 17:39

    Vladimir Norov va BMT vakili Markaziy Osiyoda global terrorizmga qarshi strategiyani amalga oshirish masalasini muhokama qildi

    20.09.2022, 17:26

    Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat bo‘yicha gaplashdi

    20.09.2022, 16:56

    Toshkentda ijtimoiy tarmoq orqali keskin chiqish qilgan imom noibi ishdan olindi

    20.09.2022, 16:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.