Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH prezidenti Jo Bayden agar Xitoy tomonidan keng ko‘lamli hujum bo‘lsa, AQSH harbiylari Tayvanni himoya qilishini aytdi. U CBS jurnalistining tegishli savoliga ijobiy javob berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Ha, agar misli ko‘rilmagan hujum bo‘lsa”, — dedi Bayden. Jurnalist prezidentdan u amerikalik harbiylarning Tayvanni himoya qilishini nazarda tutyaptimi yoki yo‘qligini aniqlashtirib so‘radi. Davlat rahbari ijobiy javob berdi.

Tayvan masalasi AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining orolga tashrifi chog‘ida keskinlashgan. Xitoy Tayvanni o‘z hududi deb hisoblaydi. Pekin Pelosi xonim va uning oilasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi va bir qator masalalar bo‘yicha AQSH bilan hamkorlikni to‘xtatdi. XXR turli mamlakatlar rasmiy delegatsiyalarining Tayvanga tashrifini uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzish sifatida baholaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)