• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tojikistonning xatti-harakatlari butun Markaziy Osiyoda vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin”. Qirg‘iziston TIV rasmiy bayonot berdi

    Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qirg‘iz-tojik chegarasida yuz bergan voqealar yuzasidan o‘z munosabatini “Daryo” nashriga ma’lum qildi. Bayonotni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    “Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2022-yilning 14—17-sentabr kunlari o‘z suveren hududida yuz bergan voqealarni Tojikiston Respublikasining bizning davlatimizga nisbatan oldindan rejalashtirilgan qurolli agressiya harakati deb baholashini ma’lum qilishni joiz deb topdi.

    Tojikiston tomonining g‘ayriinsoniy xatti-harakatlari natijasida, 2022-yil 18-sentabr holatiga, Qirg‘iziston Respublikasining 46 nafar fuqarosi halok bo‘lib, 140 nafari jabrlandi. Qariyb 140 ming kishi majburan evakuatsiya qilindi. Juda katta moddiy zarar yetkazildi.

    Tojikiston tomonining “Tojikiston Respublikasiga nisbatan qurolli agressiya harakati” amalga oshirilgani haqidagi asossiz ayblovlari javobgarlik va aybni Qirg‘iziston Respublikasiga ag‘darishga haqirona urinish deb hisoblaymiz. Tojikiston tomoni Qirg‘iziston Respublikasining mudofaa harakatlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan keng dezinformatsiya kampaniyasini ishga tushirdi.

    Ishonch bilan aytamizki, Tojikiston Respublikasining TIV va boshqa vakolatli organlari axboroti haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Qirg‘iz tomonida tajovuz qanday boshlangani hamda tojikistonlik harbiy xizmatchilar tomonidan Qirg‘iziston Respublikasi hududida amalga oshirilgan barcha beboshliklar va jinoyatlar qayd etilgan dalillarning hammasi (foto- va videomateriallar) bor. Zarur bo‘lsa, qirg‘iz tomoni ushbu dalillarni taqdim etishga tayyor.

    Tojikiston Respublikasi tomonidan hududiy yaxlitlik, davlat chegaralari mustahkamligi, xalqaro bahslarning tinch yo‘l bilan hal etilishi, kuch va tahdidlardan foydalanmaslik, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish kabi BMT Ustavida va boshqa xalqaro hujjatlarda belgilab qo‘yilgan asosiy xalqaro tamoyillar juda qo‘pol ravishda buzildi.

    Qirg‘iziston Respublikasi mudofaa nuqtai nazaridangina harakat etdi, makkorona tarzda Qirg‘iziston hududiy yaxlitligi va suverenitetiga tajovuz qilgan tojik tomonidan farqli ravishda, birovning hududini bosib olish maqsadini o‘z oldiga qo‘ymadi. Ushbu hodisa Tojikistonning hudud jihatidan da’volari borligini yana bir marta tasdiqlaydi.

    Qirg‘iz tomoni tojik tomonidan Qirg‘iziston Respublikasi hududiga tajovuz qilish bo‘yicha istiqbolsiz rejalardan va chegara hududida vaziyatni keskinlashtirish maqsadlaridan voz kechishni talab qiladi.

    Avval erishilgan kelishuvlarning barchasini buzib, oldindan Qirg‘iziston chegarasiga qo‘shinlarini tortib borgan holda qurolli kuchlar va og‘ir harbiy texnikadan foydalanib, Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyatining Botken va Laylak tumanlarida qirg‘iz-tojik davlat chegarasining butun perimetri bo‘ylab chegara va fuqarolik obyektlariga sababsiz hujum qilgan, shu jumladan, Botken viloyati markazi, Qirg‘iziston hududi ichkarisida joylashgan Botken shahrini o‘qqa tutgan (qayd etilgan videomateriallar mavjud) Tojikiston Respublikasining noqonuniy va destruktiv harakatlariga qat’iy norozilik bildiramiz.

    Ta’kidlaymizki, o‘t ochishni to‘xtatish haqida bir necha marta erishilgan kelishuvlarga qaramasdan, tojik tomoni provokatsion o‘q yomg‘irlarini davom ettirdi va Qirg‘iziston Respublikasining Botken viloyatida Dostuk, Aksay, Internatsional, Jashtik, Borborduk, Arka, Kulundu kabi alohida aholi punktlarini egallab oldi.

    Tojik tomonining qonunga zid harakatlari mamlakatlarimiz xalqari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar, ahil qo‘shnichilik va o‘zaro hamkorlik kayfiyatiga qarshi boruvchi agressiv va beqarorlashtiruvchi aksiya hisoblanadi.

    Tojik tomonidan nomuntazam harbiylashtirilgan guruhlarning faol ishtiroki kuchli xavotir uyg‘otadi.

    Tojik tomonining xatti-harakatlari davlatlararo katta ko‘lamli nizo yuzaga kelishiga, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyat beqarorlashuviga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, tojik tomonidan provokatsiya qilingan vaziyat shu paytgacha tinch aholi, harbiy xizmatchilar o‘rtasida talafotlarga olib keldi, harbiy va fuqarolik infratuzilmasiga, mahalliy fuqarolar salomatligi va mol-mulkiga jiddiy zarar yetkazdi.

    Qirg‘iziston Respublikasi TIV ikki mamlakat o‘rtasidagi bahsli masalalarni faqat muzokaralar orqali tinch yo‘l va siyosiy-diplomatik usullar bilan hal qilish zarurligi haqidagi o‘zining o‘zgarmas pozitsiyasini yana bir marta tasdiqlaydi”.

    Mavzuga doir:

    • Putin chegaradagi vaziyat yuzasidan Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari bilan muzokaralar o‘tkazdi
    • Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi mojarolarda halok bo‘lganlar soni 80 nafardan oshgan
    • Qirg‘izistonda 19-sentabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

    19.09.2022, 12:08   Izoh (0)   15839
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yerevanda namoyishchilar Armanistonning KXSHTdan chiqishini talab qildi (video)

    19.09.2022, 11:52

    Xitoy kosmik qurilmasi Marsda okean izlarini topdi

    19.09.2022, 11:02

    Jo Bayden koronavirus pandemiyasi tugaganini aytdi

    19.09.2022, 10:48

    Eron prezidenti AQSH sanksiyalari ostidagi mamlakatlar o‘zaro yaqin bo‘lib borayotganini ma’lum qildi

    19.09.2022, 10:32

    Yaponiyada “Nanmadol” tayfuni sabab 40 dan ortiq odam jabrlandi (video)

    19.09.2022, 10:15

    Yevroittifoqning to‘rtta mamlakati rossiyaliklar uchun o‘z chegaralarini yopdi

    19.09.2022, 10:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.