• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qirg‘iziston – Tojikiston: chegaradagi muammolar qachon boshlangan va ularning sababi nimada?

    Joriy yilning 14-sentabr kuni Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasida qurolli mojaro yuzaga keldi.

    Keyin Buloqboshi hududida ikki respublika chegarachilari o‘rtasida otishma kelib chiqdi. Chegara xizmatining xabar berishicha, hodisa Tojikiston chegara otryadining davlat chegarasi uchastkasida jangovar pozitsiyalarni egallab, tomonlar o‘rtasida avval erishilgan kelishuvlarni buzganligi va qirg‘iz chegarachilarining hududni tark etish haqidagi talablarini e’tiborsiz qoldirgani sababli sodir bo‘lgan.

    16-sentabr kuni ertalab qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat keskinlashdi. Qirg‘iziston Tojikistonni mojaro zonasida bir nechta raketa tizimlari (MLRS) va harbiy aviatsiyadan foydalanganlikda aybladi. Tojikiston hukumati Qirg‘iziston Qurolli kuchlari og‘ir qurollardan foydalangan holda respublikaning chegaradosh qishloqlariga hujum qilishda davom etayotganini ma’lum qildi.

    Bir necha kundan so‘ng 18 mingdan ortiq Qirg‘iziston fuqarosi tojik-qirg‘iz chegarasidagi jangovar hududdan evakuatsiya qilindi.

    Davlat rahbarlarining yuzma-yuz uchrashuvi

    Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyat keskinlashgan paytda har ikki mamlakat prezidentlari Samarqandda SHHTning sammitida ishtirok etayotgan edi.

    Sammit yig‘ilishidan so‘ng shu yerning o‘zida Sadir Japarov va Emomali Rahmon chegaradagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi.

    Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldi.

    Ikki davlat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbarlari boshchiligida hodisaning holatlari va sabablarini o‘rganish uchun komissiya tuzilishi ma'lum qilindi.

    Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi ishini jadallashtirish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

    Bundan tashqari, Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik idoralari rahbarlari mahalliy vaqt bilan 16:00 da o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.

    Bir muddat kelishuvga amal qilingan bo‘lsa ham, keyinchalik o‘t ochishlar davom ettirildi. Hattoki, Qirg‘iziston Tojikiston bilan to‘qnashuvda Bayraktar dronlaridan foydalangani aks etgan video ham e'lon qilindi.

    Chegaradagi mojarolarning ildizi qayerda?

    Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasining uzunligi qariyb 980 kilometrni tashkil etadi, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin ham unda o‘nlab bahsli uchastkalar saqlanib qolgan. 2002-yil dekabr oyidan beri delimitatsiya (davlat chegarasini belgilash, uning o‘tishini tavsiflash va xaritalash) bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Hozirgi vaqtda chegara chizig'ining 660 km dan ortig‘i (taxminan 70 foiz) aniqlangan va davlatlar tomonidan o‘zaro tan olingan, qolganlari esa bahsli hisoblanadi. Ushbu muammoning hal bo‘lmagani ikki respublikaning mahalliy aholisi va harbiy xizmatchilari o‘rtasida, shu jumladan, o‘qotar quroldan foydalanish bilan bog‘liq nizolarga bir necha bor sabab bo'lgan.

    1937-yilda chegara bo‘linayotganda hech kim yerlar haqida ortiqcha o‘ylamagan, chunki bu yagona davlat doirasidagi ma’muriy chegara edi. Hamma narsa yagona markazdan boshqarilgani uchun chegaradan o‘tish yoki iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagandi.

    Tarixchi Stanislav Pritchinning ta'kidlashicha, 1991-yilda ma'muriy chegara undagi qo'shinlari, harbiy, bojxona va boshqa atributlar bilan davlat chegarasiga aylanganda barchasi keskin o‘zgardi.

    “Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara o‘ta murakkab tog‘li hududdan o‘tishi va uning uzunligi 980 kilometrni tashkil etishini inobatga olsak, hatto normal faoliyat ko‘rsatayotgan davlat muassasalarida ham buni aniqlash ancha mushkul ekanligi ayon bo‘ladi”, — deydi tarixchi.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘plab postsovet davlatlari delimitatsiyani to‘liq amalga oshira olmagan, shu sababli ko‘plab hududiy muammolar yuzaga keladi.

    Tarixchining so‘zlariga ko‘ra, rasmiylarning to‘qnashuv fuqarolar hayotining yomonlashishiga olib kelishini tushunishi mojaroni hal qilishga yordam beradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki tog‘li respublika mentaliteti, madaniyati, geografiyasi va turmush darajasi o‘xshash, shuning uchun ular o‘rtasidagi ziddiyat har qanday sog‘lom fikrga ziddir.

    “Barcha masala bu qarama-qarshilikdan manfaatdor bo‘lgan ba’zi o'yinchilarning manfaatlaridan ustun turish va aynan o‘z fuqarolarini himoya qiladigan davlat kabi harakat qilishdir. Bu, albatta, Qirg'iziston va Tojikiston tomonlari uchun birinchi raqamli vazifa”, — deb xulosa qildi Pritchin.

    Qirg‘iziston – Tojikiston chegarasidagi yirik to‘qnashuvlar

    2014-yilning 11-yanvar kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Oq-Say chegara posyolkasi hududida qirg‘iz va tojik chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida Qirg‘izistondan olti nafar va Tojikistondan ikki nafar harbiy jarohat olgan. To‘qnashuvga Ko‘k-Tosh—Aqsoy avtomobil yo‘lining Qirg‘iziston tomonida joylashgan ushbu hududda (Tojikistonning Vorux anklavini chetlab o‘tish) qurilishi sabab bo‘lgan. Qirg‘izistonda bu hudud respublikaga tegishli, Tojikistonda esa bahsli.

    2014-yilning 7-may kuni Botken viloyatining Ko‘k-Tosh qishlog‘i yaqinida chegaradosh qishloqlar aholisi o‘rtasida nizo kelib chiqqan. To‘qnashuv natijasida o‘nlab odamlar jarohatlangan. Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro Tojikiston fuqarolarining Botken-Isfana avtomobil yo‘li bo‘ylab ketayotgan Qirg‘iziston fuqarosining mashinasini toshbo‘ron qilishi bilan boshlangan. O‘z navbatida, tojik OAVlari to‘qnashuv sababini bir guruh qirg‘izistonliklarning tojik raqamlari bo‘lgan mashinaga hujum qilganini, unda yosh bolalari bor er-xotinlar bo‘lganini aytgan. Qirg‘iziston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, jami 30 kishi, Tojikiston tomoniga ko‘ra – 60 kishi jabrlangan. Umuman olganda, tartibsizliklarda har ikki tomondan 1,5 mingga yaqin odam ishtirok etgan. To‘qnashuv vaqtida ular yoqilg‘i quyish shoxobchasi, do‘kon va ikkita yuk mashinasini yoqib yuborishgan. Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari va politsiyasi olomonni tarqatish uchun havoga o‘q uzgan.

    2014-yilning 10-iyul kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatining Tamdiq tumanidagi qirg‘iz-tojik chegarasining kelishilmagan qismida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lib, bir necha soat davom etgan. Bishkek voqeada qirg‘iz harbiylariga tosh otishni boshlagan Tojikiston fuqarolarini aybladi. Qirg‘iziston tomoniga ko‘ra, Tojikistonning ikki fuqarosi halok bo‘lgan, besh nafari yaralangan. Ayni vaqtda Dushanbeda bir kishi halok bo‘lgani va yetti nafar odam yaralangani haqida xabar berilgan.

    2014-yilning 25-avgust kuni Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradosh Leylek viloyatida ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘rtasida otishma kelib chiqqan. Tojikistonning ikki fuqarosi: chegara qo‘shinlari zobiti va mahalliy aholi halok bo‘lgan, olti nafari yaralangan. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, mojaroga chegaraning bahsli uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan daryo o‘tish joyi sabab bo‘lgan. Bishkek ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston chegarachilari ko‘prikni demontaj qilishni to‘xtatishni, shuningdek, tojik chegarachilari unda o‘rnatishga uringan davlat chegarasining kelishilmagan qismidan yangi chegara postini olib tashlashni talab qilgan. Bunga javoban tojik harbiylari minomyotlardan foydalanib, qirg‘iz chegarachilariga qarata o‘t ochgan.

    2019-yildan beri davom etayotgan mojarolar

    2015—2018-yillarda Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida nisbatan xotirjamlik davri bo‘lgan edi. To'qnashuvlar yuzaga kelganiga qaramay, tomonlar o'qotar qurol ishlatishdan tiyildi. Jiddiy to'qnashuvlar 2019-yildagina qayta boshlangan.

    2019-yilning 13-mart kuni Qirg‘izistonning Aqsay qishlog‘i va Tojikistonning Mexnatobod qishlog‘i chegarasida Qirg‘iziston yo‘l xizmatlari tomonidan bahsli hududda aylanma yo‘l qurilishi sababli mojaro kelib chiqqan. Qirg‘iziston tomoniga ko‘ra, tartibsizliklar o‘qotar qurol ishlatgan, uch kishi yaralangan. Tojikiston rasmiylariga ko‘ra, mojaro natijasida ikki nafar mamlakat fuqarosi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangan.

    2019-yilning 22-iyul kuni Qirg‘izistonning Oqsoy qishlog‘i hududida mahalliy aholi va Vorux anklavida yashovchi Tojikiston fuqarolari o‘rtasida yana nizo kelib chiqdi. Rasmiy Bishkekning so‘zlariga ko‘ra, bunga Voruxga kirishdan avval anklav aholisi tomonidan bayroq ustuni o‘rnatilgani qo‘shni Oqsoy aholisining noroziligiga sabab bo‘lgan. Dushanbeda ularning fikricha, mojaro Vorux hududida “Aqsay” yozuvi tushirilgan stela o‘rnatilgani tufayli boshlangan. To‘polon paytida mojaro tomonlari ov qurollari, toshlar va tayoqlardan foydalangan. Tojikistonning bir fuqarosi halok bo‘lgan, har ikki tomondan 30 dan ortiq kishi jarohatlangan va yaralangan, ular orasida chegarachilar va politsiya xodimlari ham mavjud bo‘lgan.

    2019-yilning 16-sentabr kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatining Leylek tumanidagi qirg‘iz-tojik chegarasining bahsli uchastkasida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida yana qurolli to‘qnashuv kelib chiqqan. Otishma natijasida bir qirg‘izistonlik chegarachi halok bo‘lgan, yana 13 nafari, jumladan mahalliy aholi vakillari ham yaralangan. Tojikiston tomondan uch kishi halok bo‘lgan, o‘n kishi yaralangan. Bishkek ma’lumotlariga ko‘ra, hodisaga Tojikiston fuqarolari tomonidan “chegaraning bahsli uchastkasida obyekt” qurishi sabab bo‘lgan.

    2020-yilning 8-may kuni Tojikistonning So‘g‘d viloyati Isfara tumanining Kumazor shahrida tojik-qirg‘iz chegarasida yer nizosi sababli mojaro kelib chiqqan, natijada Tojikistonning ikki fuqarosi o‘qdan og‘ir tan jarohati olgan. Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, tojik chegarachilari qirg‘iz hamkasblari va fuqarolariga qarata o‘t ochgan. O‘z navbatida, Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati mojaro qo‘zg‘atuvchilar qo‘shni respublika fuqarolari bo‘lganini, qirg‘iz chegarachilari esa qurolsiz Tojikiston fuqarolariga qarata o‘t ochganini ma’lum qildi. 9-may kuni esa ikki davlat diplomatik idoralari chegaradagi voqea yuzasidan norozilik notalarini almashgan.

    2021-yil 28-aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikistonning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida mulk huquqi har ikki tomon bahsli bo‘lgan Bosh suv taqsimlash punkti hududida nizo kelib chiqqan. 29-aprel kuni ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bishkekda ular to‘qnashuvlar chog‘ida tojik harbiylari pulemyot, minomyot va Mi-24 jangovar vertolyotlarini qo‘llaganini aytishgan. O‘sha kuni kechqurun Qirg‘iziston va Tojikiston o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy qismlarni doimiy joylashish joylariga olib chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar, biroq vaqti-vaqti bilan alohida joylarda 1-maygacha otishmalar davom etdi. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikiston bilan chegaradagi to‘qnashuv natijasida Qirg‘izistonning 36 nafar fuqarosi halok bo‘lgan, 153 nafari yaralangan, halok bo‘lgan va yaralanganlarning aksariyati tinch aholi vakillaridir. Respublikadagi to‘qnashuvlar davomida 129 ta bir qavatli turar-joy binolari va 84 ta boshqa obyektlar, jumladan, maktab, o‘t o‘chirish bo‘limi, bolalar bog‘chasi, ichki ishlar bo‘limi binosi, 4 ta chegara posti, 27 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasi va kutubxona yoqib yuborilgan yoki vayron qilingan. Jami 40 mingga yaqin tinch aholi mojaro hududidan evakuatsiya qilingan. Dushanbega ko‘ra, 16 kishi halok bo‘lgan, 110 dan ortiq kishi jarohatlangan. Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston bilan chegaradagi mojarolar chog‘ida mamlakatning chegaradosh qishloqlaridagi 14 ta uy butunlay vayron bo‘lgan, 15 mingga yaqin mahalliy aholi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan.

    2022-yil 27-yanvar kuni Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Qirg‘iziston tomonidan o‘qqa tutilgani, minomyotlar va dronlardan foydalanilgani, shuningdek, tinch aholi orasida ikki nafar halok bo‘lgan va o‘n nafar yaralangani haqida xabar berdi. Qirg‘iziston Tojikistonni qurol-yarog‘, jumladan, minomyot va granatadan foydalanganlikda aybladi, shuningdek, Tojikistondan chegaraga og‘ir texnika olib chiqilayotgani haqida xabar berdi. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikaning 11 fuqarosi jabrlangan. 28-yanvarga o‘tar kechasi tomonlar vakillari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgach, chegarada vaziyat barqarorlashgan edi.

    Chegaradagi vaziyat hozirda qanday?

    17-sentyabr kuni Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaradosh Botken viloyatida favqulodda vaziyat rejimini e’lon qildi.

    U yerdan mahalliy aholi evakuatsiya qilinmoqda.

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Tojikiston bilan chegaradagi voqealar yuzasidan bayonot e’lon qilib, uning mamlakati o‘z yerining bir metrini ham bermasligini aytdi.

    “Nima bo‘lsa ham biz o‘z ajdodlarimizdan meros qilib olgan yerimizning bir kvadrat metrini ham berib qo‘ymaymiz. Milliy manfaatlarimizni himoya qilamiz.

    Qirg‘iz-tojik chegarasini aniqlashtirish masalalari hamon kun tartibida turibdi… Biz muammoni tezkor hal qilishga qaratilgan urinishlarimizni bir daqiqaga ham to‘xtatganimiz yo‘q”, — dedi Japarov.

    18.09.2022, 10:38   Izoh (0)   27637
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vladimir Norov BMT Bosh assambleyasi sessiyasida nutq so‘zlaydi

    18.09.2022, 10:08

    Toshkent viloyatida maktab o‘quvchisi poyezd urib ketishidan halok bo‘ldi

    18.09.2022, 09:03

    Andijonda 300 ming so‘m evaziga qo‘shmachilik qilgan shaxs ushlandi

    17.09.2022, 23:32

    Marg‘ilondagi 2 ta bog‘chada jami 17 bola kasalxonaga yotqizildi

    17.09.2022, 23:10

    Rossiyada tanasining yarmi kuygan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

    17.09.2022, 22:18

    Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

    17.09.2022, 21:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02

    Rossiyada yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 1 iyun, 10:40

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57

    YCHL. “PSJ” finalda “Inter” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, chempionlikni qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 1 iyun, 07:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.