• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turistlar Samarqandda 580 mln dollar evaziga qad rostlagan xalqaro turizm markazi va “Boqiy shahar”ni 18-sentabrdan boshlab tomosha qilishi mumkinligi ma’lum qilindi (video)

    Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, turistlar SHHTning Samarqanddagi sammiti doirasida qurilgan, Markaziy Osiyoning zamonaviy, diqqatga sazovor maskaniga aylanishi mo‘ljallangan — “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markaziga 18-sentabrdan boshlab kirishi mumkin.

    SHHTning Samarqanddagi sammitiga juda katta tayyorgarlik ko‘rildi. Mehmonlarni munosib kutib olishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Yangi komplekslar, mehmonxonalar, yo‘llar, yangi infrotuzilmalar bunyod etildi. Xalqaro turizm markazi qurilib foydalanishga topshirildi. Uning tarkibida 8 ta zamonaviy mehmonxona, shundan ikkitasi besh yulduzli, ikkitasi to‘rt yulduzli va to‘rttasi uch yulduzli, umumiy hisobda 1275 o‘ringa ega bo‘lgan zamonaviy mehmonxonalar qurilib, foydalanishga topshirildi.

    Mehmonlarimiz Markaziy Osiyo davlatlaridan ekanligini inobatga olgan holda, ularni O‘zbekistonga, jumladan, Samarqandga qiziqishini tahlil qilib, ularning bu yerda bo‘lib turgan vaqtini samarali o‘tkazish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi tomonidan dastur ishlab chiqarildi. Dasturda sammitning asosiy yig‘ilishlari o‘tkazilganidan keyin mehmonlar, delegatsiya a’zolari va yurtimizga tashrif buyurgan mehmon davlatlar delegatsiyalariga O‘zbekistonning turizm salohiyatini, madaniy meros obyektlarini ko‘rsatish va tanishtirish, qolaversa, bizning boy madaniy merosimiz va milliy urf-odatlarimizni, an’ana va qadriyatlarimizni ko‘rsatish maqsadida ham universitet xiyobonida katta madaniyat ko‘chalari tashkil qilindi. Har bir davlatning urf-odati, an’analari, kiyinishi bu yerda mujassam bo‘ldi”, — deydi Rustam Qobilov

    “Boqiy shahar”ning kirish qismi.

    “Boqiy shahar”ning kirish qismi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hokim o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Samarqand shahrida 22 ta prezident nomerlari tashkil qilingan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Umumiy mehmonxonalar tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Samarqand shahrida 22 ta prezident nomerlari tashkil qilingan. Shundan 16 tasi xalqaro turizm markazida. Qolgan mehmonxonalarning barchasi zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan 3-4 yulduzli mehmonxonalarni tashkil qiladi. Samarqand shahrida o‘zi mustaqil sayohat qilishni istaganlar uchun ham alohida dastur ishlab chiqilgan. Bu xarita dasturini olgan mehmon Samarqand shahrining istalgan nuqtasidan barcha tarixiy obidalarga, ovqatlanish joylariga, muzeylarga borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu kitobcha shaklida bo‘lib, QR kod orqali saytga kirib, kerakli manzilni oson topib oladi. Shuningdek, 9 ta taksi xizmati ham kiritilgan”, — deydi mas’ul.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hokim o‘rinbosarining ma’lumot berishicha, sammitga tayyorgarlik oldidan mingdan ziyod madaniy meros obyektlari xodimlari, umumiy ovqatlanish korxonalari va shu bilan birgalikda mehmonxona xizmatchilari turizm universitetida o‘qitilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Sammitga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qariyb mingdan ziyod madaniy meros obyektlari xodimlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, shu bilan birgalikda mehmonxona xizmatchilarini turizm universitetida o‘qitdik. 48 soatlik kursni o‘tagan xodimlar SHHT sammiti doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatini beradigan sertifikatlarga ega bo‘ldi. Ushbu sertifikatlar shahrimizdagi 16 ta restoranlarida bor. Ya’ni, ularning menyulari SHHT davlatlarining tillarida va ularning ovqatlanishiga mos tarzda ishlab chiqildi. Ko‘pchilik xalqaro turizm markazi faqatgina SHHT sammitini o‘tkazish uchun qurilgan degan fikrda yuribdi. Biroq, bu joy avvaldan Samarqand shahriga kirib keluvchi Cho‘pon ota tepaligi va Zarafshon daryosi bo‘yidagi eng so‘lim joy hisoblanadi. Bu yer baydarka va kanoyeda eshkak eshish bo‘yicha xalqaro musobaqalar o‘tkaziladigan respublika eshkak eshish kanalida joylashgan. Sammit tugashi bilan xalqaro musobaqalar va yig‘ilishlar o‘tkazish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinmoqda. Xususan, Favqulotda vaziyatlar vazirligi tomonidan Jahon chempionati, triatlon bo‘yicha Osiyo chempionati, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. Hozirda ayrim xalqaro tashkilotlardan ushbu turistik markazda ishbilarmonlik turizimini tashkil qilish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinmoqda. Aniq ishonch bilan ayta olmanki, bu loyihaning ertangi kundagi istiqboli porloq. 18-sentabrdan boshlab turfirmalar mehmonlarini xalqaro turizm markazi va “Boqiy shahar”ga olib borishlari mumkin”, — deydi Rustam Qobilov.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lumot uchun, “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida umumiy fondi 1200 ga yaqin xonaga ega sakkizta xalqaro darajadagi mehmonxona joylashgan. Ulardan biri Samarkand Regency Amir Temur mehmonxonasi bo‘lib, Markaziy Osiyodagi birinchi besh yulduzli mehmonxona, jahonning yetakchi mehmonxonalari assotsiatsiyasi – The Leading Hotels of the World reytingiga kiradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Majmuada Markaziy Osiyoda ilk bor Xitoyning eng yirik mehmonxona boshqaruv kompaniyalaridan biri bo‘lgan, bosh qarorgohi Chengdu shahrida joylashgan Minyoun Group kompaniyasining ikkita mehmonxonasi joylashgan. Besh yulduzli Silk Road by Minyoun mehmonxonasi Buyuk ipak yo‘li tarixiga bag‘ishlangan. U 20 qavatli binoda joylashgan 241 ta xonadan iborat.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Turistik markazda nafaqat sayohatchilarni, balki ishbilarmon mehmonlarni ham kutib olish rejalashtirilgan. Kongress markazi 18 ming kvadrat metrlik funksional maydonga ega. Yuqori texnologiyali zalda 3500 ishtirokchiga mo‘ljallangan o‘n uchta konferensiya zallari mavjud. Kongress markazi binosiga “Quyosh” nomli kinetik haykal o‘rnatilgan. Instalyatsiya muallifi taniqli britaniyalik haykaltarosh, asli samarqandlik — Yunus Safardiyor haykal ustida ikki yil ishlagan. Kompozitsiya Sharqning cheksiz saxovatini o‘zida mujassam etgan.

    Turistik markazining yana bir yo‘nalishi — sog‘lomlashtirish turizmi. Dam olish maskanining tibbiy klasteri to‘rtta Vellness Park mehmonxonalari bilan ifodalanadi. Ularning har biri keng qamrovli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va tanani yaxshilash uchun mo‘ljallangan dasturlarga muvofiq ishlaydi. Majmua hududining uchdan ikki qismini bog‘ hududi egallab, u yerda Germaniya, Belgiya, Italiya va Gollandiyadan 50 mingdan ortiq atirgul, 30 ming tup daraxt va yuz minglab butalar ekilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi 580 million dollarga qurib bitkazilgan. 260 gektardan ortiq maydonda 8 ta mehmonxona bo‘lib, majmua mehmonxonalarida bir vaqtning o‘zida 3000 kishini joylashtirish mumkin. Hududning 170 gektari yashil maydon, 20 kilometrini yo‘l tashkil etadi. Majmua qurilishga 10 mingdan ortiq mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, shahar markazidan 20 daqiqa uzoqlikda joylashgan.

    Bugungi kunda Samarqandda SHHT mehmonlarini kutib olish uchun 1551 ta standart, 122 ta lyuks va 22 ta appartament xonalari mavjud 31 ta zamonaviy mehmonxona tayyorlandi. Ushbu mehmonxonalar bir vaqtning o‘zida 1700 ga yaqin mehmonni qabul qila oladi. Shu bilan birga 981 o‘rinli 26 ta mehmonxona zahiraga olingan. Jami 57 ta mehmonxona sammit mehmonlarini kutib olishga tayyor, — deydi viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov.

    Mavzuga doir: “Bu sammitda Samarqand ruhi bor, dunyo doim bir butunlikda ko‘riladi” — Bahromjon Sotiboldiyev SHHT sammiti haqida (video)

    15.09.2022, 18:13   Izoh (0)   23570
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hech kim SHHT oldiga harbiy tashkilot muqobili bo‘lish vazifasini qo‘ymaydi” — Dmitriy Peskov

    15.09.2022, 18:07

    “Jahon siyosati va iqtisodiyoti barqaror bo‘lmagan hozirgi vaziyatda SHHTga katta ahamiyat qaratilmoqda” — ekspert Rustam Mahmudov

    15.09.2022, 17:37

    “Bu — ko‘zbo‘yamachilik”. Yakkabog‘lik deputatlar viloyat hokimi o‘rinbosari boshchiligidagi mas’ullar ishini tanqid qildi

    15.09.2022, 17:36

    Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

    15.09.2022, 17:34

    Lukashenko: “Belarus uchun Shanxay oilasining to‘laqonli a’zosiga aylanish vaqti keldi”

    15.09.2022, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

    15.09.2022, 17:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirlarini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.