Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko SHHT bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda mamlakati “Shanxay oilasi”ning to‘laqonli a’zosiga aylanish vaqti kelgani haqida gapirdi.
“Bizni bu yo‘lda qo‘llab-quvvatlayotganingizni bilamiz va buning uchun sizdan juda minnatdormiz”, – deydi rahbar. Lukashenkoning aytishicha, SHHTga a’zo bo‘lish katta muvaffaqiyat hisoblanadi.
“Biz 12 yil oldin SHHT bilan hamkorlikni boshlaganmiz. O‘z-o‘zidan yoki tasodifan emas. O‘shanda bu tashkilot yosh edi, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishga urinayotgan edi. Bugun esa SHHT nufuzli tuzilmaga aylandi, unga katta umidlar bilan qarashmoqda”, — deya ta’kidladi u.
Mavzuga doir: Belarus ham O‘zbekiston va Rossiyaning “Agroekspress” loyihasiga qo‘shilishi mumkin
Izoh (0)