“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turida “Makkabi”ga qarshi kechgan bahsda (3:1) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
23 yoshli Kilian YCHLda ketma-ket oltita o‘yinda gol urgan ilk fransuz futbolchisiga aylandi. Bu oraliqda futbolchi 8 ta to‘p kiritishga erishdi.
Bu Mbappe uchun “PSJ” safida mazkur musobaqa doirasidagi 30-gol bo‘ldi. Kilian bu borada Edinson Kavanining rekordini takrorladi.
YChLda “PSJ” safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingida keyingi o‘rinlarda Neymar va Zlatan Ibrahimovich (20 tadan gol) bormoqda.
Izoh (0)