Futbol bo‘yicha U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan bahs olib bordi.
Uchrashuv O‘zbekistonning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab 34-daqiqada Mahmud Jo‘raboyev hisobni ochgan bo‘lsa, 85-daqiqada Fahad Alnemer muvozanatni tikladi. O‘yin so‘ngida Rian Islamov penaltidan unumli foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
O‘zbekiston bundan oldingi saralash bosqichlarida Maldiv ustidan 7:0 hisobida, Myanma ustidan esa 3:0 hisobida zafar quchgandi.
Eslatib o‘tamiz, U-20 Osiyo Chempionati 2023-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Shuning uchun O‘zbekistonning saralashdagi ko‘rsatayotgan natijalari ta’sir ko‘rsatmaydi.
U-20 Osiyo Chempionati
Saralash bosqichi
14-sentabr, chorshanba
Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston 1:2
Gollar: 0:1 — 34 Mahmud Jo‘raboyev, 1:1 — 85 Fahad Alnemer, 1:2 — 90 Rian Islamov (penalti).O‘zbekiston U-19: Asrorbek Kenjayev, Javohir Utamurodov, Mirkomil Abdurazzoqov, Sunnatilla Poyonov, Shahzodbek Rahmatullayev, Rian Islamov, Tohirbek To‘xtasinov, Mahmud Jo‘raboyev, Asadbek Jo‘raboyev, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jayev, Rustambek Fomin.
Izoh (0)