“Bavariya” Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida “Barselona”ga qarshi kechgan bahsda (2:0) g‘alabaga erishdi.
Bu myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyer uchun YCHLdagi 53-quruq o‘yin bo‘ldi. Germaniyalik posbon bu borada “Yuventus” sobiq kiperi Janluiji Buffonni ortda qoldirdi.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi Iker Kasilyas hisoblanadi. “Real” va “Portu” sobiq darvozaboni musobaqaning 57 ta o‘yinida o‘z darvozasi daxlsiziligini saqlab qolgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)