Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Avstraliya va Yangi Zelandiyada Charlz III rasman qirol deb e’lon qilindi. Bu haqda ushbu mamlakatlar matbuotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Avstraliyaning ABC teleradiokompaniyasi xabar berishicha, general-gubernator Devid Xerli qirol Charlz III ni rasman Avstraliyaning hukmron monarxi deb e’lon qildi. Uning bayonotida qayd etilishicha, qirolicha Yelizaveta II vafotidan so‘ng “toj to‘liq va haqli ravishda” uning o‘g‘li Charlzga o‘tgan.

“Biz chin yurakdan va kamtarin sevgi bilan unga ishonch va sadoqatni va’da qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi general-gubernator.

Charlz III ning Yangi Zelandiya qiroli deb rasman e’lon qilinishi mamlakat parlamentida bo‘lib o‘tgan.

“Yangi zelandiyaliklarning aksariyati uchun u (qirolicha Yelizaveta II) biz bilgan yagona monarx edi, shuning uchun uning o‘limidan so‘ng biz o‘zgarishlar davriga kiryapmiz”, — dedi Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern.

Avvalroq Londonda Britaniya yangi qirolining taxtga o‘tirish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Vorislik kengashi Charlz III ni rasman Buyuk Britaniya qiroli deb e’lon qilgan.

Qirolicha Yelizaveta II 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi. Ungacha shifokorlar uning salomatligi yuzasidan xavotir bildirib, unga kuzatuv ostida qolishni tavsiya etgan edi.

Uning o‘g‘li, 73 yoshli shahzoda Charlz o‘z-o‘zidan qirolga aylandi va Charlz III nomini oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda