Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Britaniyaning yangi qiroli Charlz III mamlakat aholisiga birinchi marta murojaat bilan chiqdi, deb yozadi “RBK”. U o‘z nutqini yaqinda vafot etgan qirolicha Yelizaveta II haqidagi gaplar bilan boshladi.

Charlz III

Charlz III
Foto: AP Photo

“Butun umri davomida qirolicha hazrati oliyalari — mening sevimli onam — men va oilam uchun ilhom manbai va o‘rnak bo‘lib xizmat qildi, va biz uning oldida chin ko‘ngildan qarzdormiz, bunday qarzdorlikni bir oila faqat o‘z onasiga nisbatan his qilishi mumkin”, — dedi monarx.

U qirolicha Yelizaveta II munosib umr kechirganini qayd etdi va hayotining so‘ngiga qadar Britaniya xalqiga xizmat qilishga va’da berdi.

Shuningdek, qirol “mamlakatning yuragi bo‘lgan” konstitutsiyaviy tamoyillarni o‘zidan avvalgi monarx kabi — “mustahkam sodiqlik bilan” himoya qilishga va’da berdi.

Bundan tashqari, Charlz III to‘ng‘ich o‘g‘li Uilyamni Uels shahzodasi deb e’lon qildi (taxtga navbatda birinchi bo‘lib turgan nomzodga shunday unvon beriladi). Uning rafiqasi Ketrin Uels malikasiga aylanadi.

U o‘z nutqida kenja o‘g‘li shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklni ham tilga oldi. “Shahzoda Garri va Meganga o‘z muhabbatimni izhor qilaman, ular chet elda o‘z hayotlarini qurishda davom etmoqda”, — dedi u.

Qirol o‘z murojaatini Yelizaveta II ga qaratilgan gaplar bilan yakunladi.

Yelizaveta II 8-sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. Hozir Britaniyada umummilliy motam bo‘lib o‘tmoqda, u qirolichaning dafn marosimidan keyin yana bir hafta davom etadi. Ayni paytda uning jasadi Balmoralda qolmoqda. Vafotidan keyin uch kun o‘tgach, uning jasadi Bukingem saroyiga o‘tkaziladi. U yerdan esa oltinchi kuni tobut Britaniya parlamenti binosiga yuboriladi. Barcha xohlovchilar kelib, qirolicha bilan vidolashishga ulgurishi uchun tobut u yerda uch kun saqlanadi.

Charlz III bugun, 10-sentabr kuni rasman taxtga o‘tiradi. U qirolichaning o‘limidan keyin avtomatik tarzda qirolga aylandi.

Biroq an’anaga ko‘ra, monarxning vafotidan keyin 24 soat ichida Sent-Jeyms saroyida rasmiy marosim o‘tkazilishi kerak edi. Shu safar u kechroq bo‘lib o‘tadi, chunki tayyorgarlik uchun yetarlicha vaqt bo‘lmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi