• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda Finlyandiya ta’lim modeliga asoslangan Xalqaro Nordik universiteti ochildi (foto)

    Toshkent shahrida bugun, 8-sentyabr kuni Xalqaro Nordik universiteti (Nordic International University)ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi ilg‘or yutuqlariga asoslangan holda tashkil etilgan ushbu xalqaro universitetning ochilishi munosabati bilan Finlyandiya Respublikasi delegatsiyasi, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ta’lim tizimi va keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilkka Raisanen boshchiligidagi delegatsiyaga ushbu davlatning mamlakatdagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mas’ullari hamrohlik qildi. Nufuzli mehmonlar Xalqaro Nordik Universitetida ehtirom bilan kutib olindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbirni universitet rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov kirish so‘zi bilan ochib, universitetning maqsadlari, strategik hamkorlari, kelgusida talabalar uchun yaratiladigan zamonaviy imkoniyatlar bilan tanishtirdi. Respublikada belgilangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali zamonaviy kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini yaxshilash, sohaga doir ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, yoshlarning amaliy fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyasini jadallashtirish borasidagi maqsad-vazifalarga to‘xtaldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident Adminstratsiya rahbari o‘rinbosari, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ochilish marosimida so‘zga chiqib, ushbu universitet O‘zbekiston ta’lim tizimi rivojiga ulkan hissa qo‘shishini qayd etib o‘tdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ochilish marosimida Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev Xalqaro Nordik Universiteti Shimoliy Yevropa davlatlari, xususan Finlyandiya modeli asosida tashkil etilgan O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan xususiy universitet ekanligini e’tirof etdi. Universitetning tashkil etilishi Shimoliy Yevropa mamlakatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalar, innovatsion ta’lim modellari, o‘quv reja va dasturlari asosida iqtisodiyotning real sektor ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbirda so‘z olganlar barcha yoshlar va ustozlar, universitet jamoasini yangi ta’lim maskani faoliyati bilan qutlab, katta ishonch bildirdi va muvaffaqiyatlar tiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilkka Raisanen ham universitet kelajagi borasida iliq fikrlar bildirdi, rahbariyat va jamoani samimiy tabrikladi. Finlyandiya delegatsiya bilan har tomonlama manfaatli masalalar yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

    Ma’lumot uchun, Xalqaro Nordik Universiteti yoshlarga O‘zbekistonda turib xalqaro darajadagi bilimlarni egallash imkonini beradi. 2022-yilning 27-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Finlyandiya tashqi ishlar vazirlarining siyosiy maslahatlar bo‘yicha 10-yig‘ilishida Shimoliy Yevropa mamlakatlarining ta’lim sohasidagi ilg‘or yutuqlariga asoslangan ushbu zamonaviy xususiy oliy ta’lim tashkilotini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ushbu oliygoh Toshkent shahrida Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti (UAS), Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK) umumta’lim maktabi, “Nokia” transmilliy korporatsiyasi, Finnish Water Forum tashkiloti va ISKU kompaniyalarining bevosita qo‘llab-quvvatlashlari negizida Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi ilg‘or yutuqlariga asoslangan holda faoliyat boshladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Universitet respublikada zamonaviy 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyasini jadallashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ta’limning global tendensiyalari, kadrlarga bo‘lgan talablar va yoshlarning kelajak umidlarini tahlil qilgan holda Iqtisodiyot, Moliya, Biznesni boshqarish, Sanoatni boshqarish, Boshlang‘ich ta’lim, Maktabgacha ta’lim, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Kompyuter injiniringi yo‘nalishlarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlaydi. Ya’ni, biznesning barcha bo‘g‘inlarida faoliyat yuritishni istagan, top menejer, iqtisodchi-konsultant, xalqaro moliyaviy tahlilchi, sanoat tarmoqlarini boshqaruvchi, IT bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, xorijiy tillarni o‘rganish va ta’lim tizimida faoliyat yuritish istagidagi yoshlarga xalqaro sifatli oliy ta’lim olishlariga ko‘maklashadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xalqaro Nordik Universitetining asosiy strategik hamkorlaridan biri – Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universitetidir. Ta’lim dasturlari va metodologiyasi, nou-xau, ta’limni boshqarish tizimi, o‘qituvchilar malakasini oshirish va boshqa sohalarda Kareliya UAS bilan istiqbolli hamkorlik rejalashtirilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Finlyandiyaning transmilliy texnologik korporatsiyasi hisoblangan Nokia Xalqaro Nordik universitetiga o‘z strategik maqsadlarini amalga oshirishda asosiy hamkorlardan biridir. Bizness-inkubator, xorijda stajirovka, master-klasslar tashkil etishda yaqindan yordam beradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shuningdek, kelgusida yanada kuchliroq hamjamiyatni yaratish, yosh kadrlarni o‘qitish va salohiyatini birlashtirish orqali tizimlarga innovatsiyalar kiritish, bulutli mahalliy yechimlar taqdim etish, jamiyatning taraqqiyotiga katta turtki bo‘ladigan yangi ilovalar ustida ishlash imkonini beradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK) umumta’lim maktabi o‘z o‘quvchilarini milliy imtihonga yoki Xalqaro bakalavr diplomiga tayyorlaydi. Har ikkalasi ham o‘quvchilarga universitetga kirish malakasi va imkoni beradi. Ayniqsa, IB (Xalqaro bakalavr) talabalarga dunyodagi deyarli har qanday universitetga kirish uchun noyob imkoniyat beradi. Kelgusida universitetda ushbu maktab bilan hamkorlikda Xalqaro Nordik fin maktabi tashkil etiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shuningdek, universitetning xalqaro hamkorlari – Finnish Water Forum va ISKU kompaniyalari talabalarning o‘quv amaliyotlarini o‘z bazalarida tashkil etishga ko‘maklashadi. ISKU kompaniyasi oliygoh va uning qoshida tashkil etilishi rejalashtirilgan maktab binolari dizayni, o‘quv va boshqa jihozlari hamda aksessuarlarini fin talablari asosida tashkil etish bo‘yicha strategik hamkordir. Universitetga Finlandiyadagi eng yaxshi tajriba, dizayn va texnologiyalar asosida zamonaviy kampusni loyihalash va barpo etishda yordam beradi. Universitet Talabalar shaharchasi O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo uchun chinakam fin o‘quv binolari dizayni va o‘quv xonalari, laboratoriyalar hamda o‘quv mebellari va aksessuarlari bilan tanishish uchun ochiq osmon ostidagi ko‘rgazma zali bo‘lib xizmat qiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Universitet talabalarga qator imkoniyatlarni taqdim etadi. 1-4-kurslarda o‘qish davomida ingliz, rus tillaridan tashqari fin tili mukammal o‘rgatiladi. Barcha kurslar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishidan qat’iy nazar yozgi ta’tilda tanlov asosida Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi davlatlarda ish va sayohat (work and travel) dasturlarida qatnashish imkoniyati beriladi. 2+2, 3+1 qo‘shma dasturlari asosida 2-kursdan keyin o‘qishni Finlyandiya universitetlarida davom ettirib, ikki tomonlama  (double degree) diplom olish mumkin. Bakalavr bosqichidan so‘ng hamkor xorijiy davlatlardagi yetakchi kompaniyalarda ishlash yoki o‘z biznes start-up loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini ham taqdim etiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Oliygohda mahalliy hamda xorijiy professor-o‘qituvchilar, chet el biznes amaliyotchilari talabalarni natijalarga qadar olib boradilar. Xalqaro hamkorlar ko‘magida xorijda stajirovka, ish o‘rganish, master-klass, startaplarni rivojlantirish, kelajakda xorijda ishga joylashtirishga ko‘maklashiladi. Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli (yuqori GPA ko‘rsatkichi bilan) tugatganlar uchun magistraturani Finlyandiyada imtiyoz asosida o‘qib kelish imkoniyatlari beriladi.

    Universitet, haqli ravishda, fin va o‘zbek hamkorligining ilk yirik natijasi, Finlyandiya oliy ta’lim tizimining O‘zbekistondagi yagona aksi, Toshkentdagi birinchi ta’lim klasteridir.

    08.09.2022, 22:11   Izoh (0)   35595
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uyimiz yonida soy bor. O‘sha soyga borib o‘ynab, sirpanib ketgan”. Farg‘onada suvga oqib ketib, vafot etgan bog‘cha bolasining yaqinlari voqea haqida

    08.09.2022, 21:56

    Buxorodagi OTMda domla talabani ayovsiz kaltaklagani aytilmoqda (video)

    08.09.2022, 21:30

    Toshkentda CAITME–2022 to‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (video)

    08.09.2022, 21:28

    Avgust oyida qaysi hududlarda eng ko‘p nikoh qayd etildi? — statistika

    08.09.2022, 21:06

    Toshkentdagi maktablarning birida direktor qizlarga ro‘moli bo‘yicha taqiq qo‘ygani rad etildi

    08.09.2022, 20:34

    Toshkentdagi ayrim ko‘chalar 9-sentabrdan 12-sentabrgacha yopiladi — xarita

    08.09.2022, 20:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.