Jizzaxning G‘allaorol tumanida er-xotin janjali qotillik bilan yakun topdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2-sentabr kuni tungi soat 02:00 larda yuz bergan. Tumanning “Baxt” mahallasida to‘rt nafar farzandning ota-onasi bo‘lgan er-xotin o‘zaro gap talashib, janjallashib qolgan.
Janjal vaqtida 1982-yilda tug‘ilgan er turmush o‘rtog‘ining bosh qismiga temir jism — armatura bo‘lagi bilan ikki marta urib, tan jarohati yetkazgan. Ayol tuman tibbiyot birlashmasining jonlashtirish bo‘limiga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, vafot etgan.
Bundan avval Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida er janjal tufayli o‘z xotinini o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir: Qashqadaryoda eridan ko‘p tanbeh eshitgan ayol uni urib o‘ldirib qo‘ydi
Izoh (0)