Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida ayol uxlab yotgan eri boshiga temir jism bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Koson tumani “Yakkasaroy” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro B.P. sha’riy nikoh asosida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i R.X.ga uyining yonidagi yer maydoniga ekilgan tarvuz va makkajo‘xori dalasini qo‘riqlashni buyursa-da, dalaga tez-tez chorva mollarini kirib, dalani payhon qilayotganini ro‘kach qilib, ayolni dalaga qaramaganlikda ayblab kelgan.

Holat sodir bo‘lgan kun ya’ni, 10-iyulda eri uyda sog‘ligini tiklash uchun davolanayotgan bo‘lishiga qaramasdan yana turmush o‘rtog‘i R.X.ni turli ro‘zg‘or ishlarini bajarmaganlikda ayblab, og‘zaki urushgan. Natijada toqati toq bo‘lgan xotin eri uyda uxlab yotganidan foydalanib, to‘mtoq temir jism bilan uning boshiga urib, o‘ta og‘ir tan jarohati yetkazib, o‘ldirib qo‘ygan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi