Xorazm viloytining Tuproqqal’a tumanida chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Departamentning Tuproqqal’a tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, savdo majmuasi atrofida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan O.A. va U.A fuqaro G.ga jami 3 200 AQSH dollarini 35,3 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir: