Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Departament hamda DXXning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Bobur” MFY hududida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro Sh.A. jami 4 000 dollarni fuqaro U.ga 44 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi va IIB tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro M.B. jami 3 200 dollarni fuqaro A.ga 35 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir: