Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida eri bilan janjallashgan ayol o‘z joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda Nasafnews xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20-avgust kuni Kasbi tumani Fazli qishlog‘ida yashovchi ayol X.S. turmush o‘rtog‘i U.M. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. So‘ng uch nafar voyaga yetmagan farzandini olib chiqib ketgan. Holatdan xabar topgan hudud profilaktika inspektori qidiruv ishlarini amalga oshirgan.
Aniqlanishicha, ayol Qarshi tumani va Qarshi shahri chegarasidan oqib o‘tuvchi Qarshi magistral kanaliga borgan va o‘zini suvga tashlagan.
Inspektor va ayolning akasi uni zudlik bilan suvdan olib chiqqan va birinchi yordam ko‘rsatib, hayotini saqlab qolgan. Hozirda ayol va bolalarning ahvoli yaxshi.
Holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.
Mavzuga doir: Jizzaxda 37 yoshli erkak 18 yoshli qiz unga turmushga chiqishni rad etgani uchun o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Izoh (0)