Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov maktab darsliklari bo‘yicha muammo va yechimlar haqida murojaatlar yo‘llashni so‘radi.
Hurmatli ota-onalar, maktab ta’limi sifatiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlar, o‘qituvchi domlalar!Hozirda Prezident administratsiyasi huzurida tuzilgan ishchi guruh maktab darsliklari, o‘quv rejalari va kitoblarning unga mosligi, bu sohadagi muammolar va uning yechimi yuzasidan o‘rganish ishlarini boshladi. Agarda sizda shu yo‘nalishdagi muammolar, ularning yechimi haqida takliflar bo‘lsa, iltimos, mening k.allamjonov@adm.gov.uz elektron manzilimga yuborishingizni so‘raymiz.
Sizning ma’lumotingiz va taklifingiz bizga albatta holatga aniq diagnoz qo‘yish va uning davosini belgilashda katta yordam bo‘ladi, — deb yozdi Allamjonov.
Izoh (0)