2022 yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 116,4 million dollarga teng bo‘lgan 26,9 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, qoramol go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,5 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan Belarus hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston va Braziliya joylashgan:
- Belarus – 14,4 ming tonna;
- Qozog‘iston – 9,1 ming tonna;
- Braziliya – 1,3 ming tonna;
- Hindiston – 784 tonna;
- Rossiya – 604 tonna.
Izoh (0)