• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Magellanning omon qolgan yagona kemasi, maxfiy samolyotda Yaponiyaga qochib o‘tgan sovet uchuvchisi va siam egizaklari operatsiyasi. Kun xronologiyasida 6-sentabr

    6-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan butun dunyoni aylanib chiqishga otlangan Magellan ekspeditsiyasidan yagona kemaning qaytib kelishi, maxfiy samolyotda Yaponiyaga qochib ketgan sovet uchuvchisi va siam egizaklarini ajratish bo‘yicha o‘tkazilgan muvaffaqiyatli operatsiyaga oid faktlar o‘rin olgan.

    Dunyoni aylanishga chiqqan Magellan

    Bundan yarim ming yildan oldinroq, 1519-yilning 20-sentabrida dengizchi Fernan (Fernando, Ferdinand) Magellan dunyo bo‘ylab sayohatga otlangan edi. Tijoriy ekspeditsiya maqsadida amalga oshirilgan sayohat XVI asrning eng muhim voqeasiga aylanadi.

    Foto: “Fb.ru”

    Bortida 280 kishi bo‘lgan “Trinidad”, “San-Antonio”, “Santyago”, “Konsepsion” va “Viktoriya” kemalari Ispaniyaning Sanlukar-de-Barramed portidan suzib ketgan. Magellan xuddi Xristofor Kolumb kabi Yer yumaloq degan g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan va g‘arbga sayohat uni sharqqa olib borishi kerak edi.

    Atlantika okeanini kesib o‘tishda kemalar Magellan tomonidan o‘ylab topilgan signalizatsiya tizimi sabab biror marta ham bir-birini yo‘qotib qo‘ymagan. Flotiliya Atlantikaning Janubiy Amerika qirg‘oqlari bo‘ylab harakatlangan. 1520-yilning oktabrida omon qolgan uchta kema yordamida dengizchi 38 kun ichida bo‘g‘oz bo‘ylab janubdan Yangi Dunyoni aylanib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan — keyinchalik ushbu bo‘g‘ozga Magellan nomi berilgan. 28-noyabrda ular Tinch okeaniga chiqqan, uning bunday nomlanishiga to‘rt oy davom etgan sayohatda biror marta ham bo‘ron kuzatilmagani sabab bo‘lgan. Ammo dengizchilar boshqa muammoga duch kelgan — ochlik va singa kasalligi.

    Magellan

    Magellan
    Foto: Hurriyet

    “Uch oy va 20 kun davomida biz tuzukroq yegulik iste’mol qilmadik. Qotgan non bilan ovqatlanar edik, ammo u ham non emas, eng yaxshi nonlarni yeb qo‘ygan qurtlarga aralashgan urvoqlar edi. Kalamush najasidek juda badbo‘y. Bir necha kundan beri turaverib, sasib ketgan sariq suvni ichardik. Tez-tez yog‘och qirindilarini ham yeyishga to‘g‘ri kelardi. Kalamushlarning donasi yarim dukatdan sotilardi, ammo bu pulga ham ularni topish amrimahol edi”, — deydi ekspeditsiyada ishtirok etgan Antonio Pigaetta.

    Tinch okeani bo‘ylab ekspeditsiya davomida 17 ming kilometrdan ortiq masofa bosib o‘tilgan.

    1521-yilning 6-martida flotiliya Guam orolida duch kelgan, ko‘p o‘tmay Magellan o‘sha vaqtda noma’lum bo‘lgan Filippin orollariga borib qolgan va mahalliy aholi bilan to‘qnashuvda vafot etgan. Ekipajning omon qolgan qismi o‘z kemalarida qochib, g‘arb tomon suzishni davom etgan. 1522-yilning 6-sentabrida Xuan Sebastyan Elkano boshchiligidagi “Viktoriya” kemasi 18 nafar dengizchi bilan sayohatni yakunlagan. Qolgan barcha dengizchilar halok bo‘lgan va kemalardan ayrilishgan.

    G‘arb tomon yo‘l olgan dengizchilar sharqdan qaytib kelib, Yer sharsimon ekanini, uning asosiy qismini quruqlik emas, suv egallaganini isbotlab bergan. Shuningdek, yevropaliklar eng katta okean — Tinchni bosib o‘tib, undan Atlantika okeaniga o‘tish yo‘lini ochgan.

    “Bulutlar ustida yurganimni his qilardim”: sovet uchuvchisi qanday qilib Yaponiyaga qochib ketgandi

    46 yil oldin sovet uchuvchisi Viktor Belenko “MiG-25P” yangi qiruvchi samolyotida qochib ketgan edi. U potensial dushman hisoblangan davlatga o‘sha vaqt uchun ko‘plab maxfiy uskunalarga ega samolyotni topshirgan, AQSHdan siyosiy boshpana olgan, keyinroq esa Amerika fuqaroligini qo‘lga kiritgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Favqulodda holat 1976-yilning 6-sentabrida katta leytenant Belenko sherigi bilan Sokolovka aerodromidan o‘quv parvozini amalga oshirayotganida sodir bo‘lgan. Bort raqami “31” bo‘lgan samolyot 530-qiruvchi-aviatsiya polkiga qarashli bo‘lgan. Yuqori balandlikda uchishga qodir “MiG-25” sovet muhandislarining iftixori edi, amerikalik harbiylar esa undan qattiq qo‘rqardi. NATO tavsifiga ko‘ra, samolyot Foxbat — “Uchar tulki” deya nomlangan.

    Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Belenko parvoz davomida yolg‘on avariya uyushtirgan. O‘z yetakchisidan ortda qolib, balandlikni 30 metrga qadar tushirgan va to‘g‘ri Yaponiya tomon yo‘l olgan. Bu qadar pastlab uchish ham sovet, ham yapon radarlaridan qochish imkonini bergan. Yaponiyaga yetib kelgan Belenko 6 ming metr balandlikka qadar ko‘tarilgan va yapon Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari tomonidan aniqlangan. Aloqa chastotalarining farqi sabab yaponlar sovet uchuvchisi bilan bog‘lana olmagan va uni tutib qolish uchun havoga qiruvchi samolyotlar ko‘tarilgan, biroq Belenko yana pastlab, radarlardan yo‘qolib qolgan.

    Qochoq avvaliga Titosedagi Amerika aviabazasiga borishni rejalashtirgan, ammo parvoz jarayonida o‘z rejasini o‘zgartirgan — bunga yonilg‘i muammosi yoki urib tushirish xavfi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. U samolyotni Xokkaydo orolidagi Xakodate fuqarolik aerodromiga qo‘ndirgan. Qo‘nish yo‘li qiruvchi samolyot uchun yetarli emasdi. “MiG-25” tuproq yo‘lga chiqib ketgan, haydovchilar uni avtomobil yo‘lida uchratgan. Belenkoga o‘zini suratga olishayotgani yoqmagan, u kabinada chiqib, pistoletidan ikki marotaba ogohlantiruvchi o‘q uzgan va mahalliy hukumat vakillari yetib kelishini kutgan. Ular kelishi bilan uchuvchi AQSHdan siyosiy boshpana so‘ragan va 9-sentabr kuni mamlakatdan olib chiqib ketilgan.

    Hozirda MRB muzeyida saqlanayotgan Belenkoning shaxsini tasdiqlovchi hujjat

    Hozirda MRB muzeyida saqlanayotgan Belenkoning shaxsini tasdiqlovchi hujjat
    Foto: CIA Museum

    “Qaror qabul qilishim uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi, ammo yakuniy qarorni qochishimdan bir oy oldin qabul qildim va shunda o‘zimdan juda mamnun bo‘ldim. Men o‘zimni bulutlar ustida yurgandek sezdim. O‘zimni ozod inson sifatida his qildim. Biroq maqsadimga erishishim uchun Yaponiyada ob-havo yaxshi va yonilg‘i baki to‘la bo‘lishi kerak edi. Bularning ikkisini bir vaqtga to‘g‘rilash uchun bir oy kerak bo‘ldi. O‘tgan oy davomida o‘z majburiyatlarimni shu qadar yaxshi bajardimki, komandirlarim lavozimimni ko‘tarishga tayyor edi. Ammo 1976-yilning 6-sentabrida barcha komponentlar bir-biriga mos keldi”, — deydi Belenko 1996-yilda Full Context jurnaliga bergan intervyusida.

    G‘arb maxsus xizmatlari uchun samolyot samodan berilgan haqiqiy sovg‘a edi. “MiG-25” ehtiyot qismlarga ajratilib, yaxshilab o‘rganib chiqilgan va ikki oydan keyingina SSSRga qaytarilgan. Belenko samolyotning qaytarilishiga qarshi bo‘lgan, ammo yaponlar Sovet Ittifoqi bilan munosabatlari yomonlashishini istamagan. Ular sovet hukumatidan aeroport infratuzilmasiga yetkazilgan zarar, turargohni tashkillashtirish, qo‘riqlash, texnik xizmat ko‘rsatish, yetkazib berish kabi xarajatidan 40 ming dollar talab qilgan, biroq pullar baribir to‘lanmay qolib ketgan. Qaytarilgan samolyot yana yig‘ilgan, ammo boshqa uchmagan, Latviyadagi aviatsiya o‘quv yurtida o‘quv namunasi sifatida foydalanilgan.

    Ushbu voqeani uzoq vaqt yashirib yurish imkonsiz edi, biroq sovet tomoni ancha vaqtgacha mashg‘ulot vaqtida yonilg‘isi tugagan samolyot Yaponiyaga qo‘nishga majbur bo‘ldi, degan versiyani ilgari surib kelgan. Uchuvchi boshqa davlatda asirga olindi, deya hisoblangan. Yaponiyadan samolyot hamda uchuvchini zudlik bilan qaytarish talab etilgan.

    Amerika tomoni qiruvchi samolyot va uning avionikasidan tashqari, “o‘zimniki — begona” tizimini ham o‘rgangan, shu sababli Sovet Ittifoqi uni o‘zgartirish uchun milliardlab rubl sarflashga majbur bo‘lgan. Umuman olganda, o‘sha vaqtda mazkur tizim eskirib bo‘lgandi va uni almashtirish zarurati oldinroq paydo bo‘lgandi.

    “MiG-25” — Mikoyan—Gurevich konstruktorlik byurosining ixtirosi bo‘lib, u ikki dvigatelga ega uchinchi avlod qiruvchi-tutib qoluvchi samolyotdir. Viktor Belenko qochguniga qadar G‘arb tomonida u haqida deyarli ma’lumot bo‘lmagan, bori ham josus sun’iy yo‘ldoshlar tomonidan Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar jarayonida olingan. Isroil harbiylari 1971-yilning martida shu kabi samolyot 3 Maxadan (3672 kilometr/soat) tezroq uchgani va 20 kilometrga ko‘tarilganini kuzatgan. Uni tutib qolish va urib tushishning imkoni bo‘lmagan. Keyinroq “MiG-25” 29 ta jahon rekordini o‘rnatgan, jumladan, eng yuqori balandlikka ham ko‘tarilgan — 37 650 metr. Britaniyaning Flightglobal aviatsiya portal muharriri Stiven Trimblning hisoblashicha, samolyot G‘arb uchun psixologik tahdid bo‘lgan.

    Foto: Habr

    “Ular samolyotning tashqi ko‘rinishi, qanotlarining o‘lchami va ulkan havo panjaralari sabab unga ortiqcha baho berib yuborishdi. Ular samolyot juda tezkor ekanini bilardi, shuningdek, u manyovrchan ham deb hisoblangan edi. Birinchisi to‘g‘ri chiqdi, ikkinchisi esa unchalik emas… 1976-yilgacha AQSHda bu samolyot ‘SR-71’ni tutib qolishga qodir emasligini bilishmasdi va shu vaqtgacha sovet havo makoniga kirish uchun tavakkal qilinmagandi”, — deydi Trimbl.

    “MiG-25”ning asosiy yutug‘i — raqiblarga o‘zining mavjudligi bilan qo‘rquv uyg‘otish imkoniyati bo‘lgan.

    Samolyotning olib qochilishi “Kremniy” tipidagi tanish davlat tizimini ancha murakkab algoritmli kodlash tizimi — “Parol”ga o‘zgartirishga olib keldi. “Smerch-A” radiolokatsion stansiyasi “Sapfir C-25”ga almashtirilgan. Bundan tashqari, samolyot do‘st davlatlarga eksport qilina boshlangan, Osiyo va Yaqin Sharqdagi ko‘plab mamlakatlar uni xarid qilgan. Shunday ekan Belenkoning qochishi amerikaliklarga foyda keltirganman — ular jangovar harakatlar olib borayotgan deyarli barcha nuqtalar zamonaviy jangovar mashinalarga ega bo‘lgan.

    Viktor Belenko o‘z taqdiridan noliydigan inson bo‘lmagan — dissident emas edi, repressiyaga uchragan qarindoshlari ham yo‘q. Xotini va o‘g‘li, yaxshi ishi bor edi. O‘zining qochishini u mafkuraviy mulohazalar bilan oqlagan, ammo ular darhol paydo bo‘lmagan. Xatti-harakati ortidan u Amerika fuqaroligi va maxsus xizmatlarda yuqori maoshli konsultantlik ishini olib kelgan, ammo uning Sovet Ittifoqi va Qurolli kuchlardagi bilimi o‘z ahamiyatini yo‘qotib bo‘lgan, ikkinchi turmushidan ajrashgan va uyidan ayrilgan edi, biznesi ham katta daromad olib kelmasdi.

    Uchuvchi oldingi oilasi bilan biror marta ham aloqa qilmagan, hatto qayta qurish davri tugagandan keyin ham. Viktor Belenko jurnalistlar yordamida bir necha yildan keyin “MiG uchuvchisi” nomli kitobini yozib, chop ettirgan bo‘lib, qochishga nima undagani haqida batafsil yozgan. SSSRda kitobning rus tilidagi variantini tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lganlargina o‘qishi mumkin bo‘lgan.

    Chap tarafda Viktor Belenko o‘g‘li bilan, o‘ngda esa rafiqasi Lyudmila Petrovna va onasi Lyudmila Stepanova

    Chap tarafda Viktor Belenko o‘g‘li bilan, o‘ngda esa rafiqasi Lyudmila Petrovna va onasi Lyudmila Stepanova
    Foto: AP Photo

    Belenkodan bir necha kun keyin, undan ilhomlangan Valentin Zosimov ismli sovet uchuvchisi eski “An-2” samolyotida qochishni amalga oshirgan. Zosimov 1976-yilning 23-sentabrida Eronga uchib o‘tgan. SSSR rahbariyatining Eronga qarshi tahdidlari jahon diplomatiyasida duch kelinmagan edi va bu davlat ishlariga bilvosita harbiy aralashuv tahdidlarini o‘z ichiga olardi. Kelgusidagi bu kabi holatlarning oldini olish uchun jazo muqarrarligini isbotlab qo‘yish lozim edi. Eron podshohi Muhammad Rizo Pahlaviy ikki tomonlama aloqalarni buzmaslik uchun xalqaro tashkilotlarning noroziliklariga qaramay, Zosimovni qaytarishga qaror qiladi. 25-oktabr kuni Zosimov SSSRga qaytarib olib kelinadi

    “O‘zimni ham, ularni ham o‘ldirmoqchi edim”

    35 yil oldin shifokorlar jamoasi birinchi bor bosh qismi birlashgan siam egizaklarini muvaffaqiyatli operatsiya qilgan. Egizaklarning ikkisi ham nevrologik muammolarga duch kelgan, ulardan biri 30 yoshgacha ham yashamagan bo‘lsa-da, shifokorlar bunday operatsiyaning imkoni borligini isbotlab bergan.

    1987-yilning 6-sentabr kuni Baltimorda bosh qismi birlashgan holda tug‘ilgan siam egizaklarini ajratish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazilgan. Bunday bolalarni jarrohlik yo‘li bilan ajratishga urinish undan oldin ham bo‘lgan, biroq ularning barchasi egizaklardan birining yoki ikkisining ham o‘limi bilan yakunlangan.

    Patrik va Benjamin Binder 1987-yilning 2-fevralida Germaniyada dunyoga kelgan. Egizaklarning onasiga ko‘ra, homiladorlik vaqtidan patologiyadan xabar topgach, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. “O‘zimni ham, ularni ham o‘ldirmoqchi edim. Men ikki yuzi bor, katta bitta boshga ega bolalarni ko‘rdim. Ey Xudo, ular qanday yashashadi axir, deya o‘yladim”, — deydi ayol matbuotga bergan intervyusida.

    Shifokorlar ayol va uning turmush o‘rtog‘ini agarda bolalar shundayligicha qoldirilsa, ular hech qachon emaklash yoki o‘tirishni o‘rgana olmasligidan ogohlantirgan. Bolalarning yurib ketishidan esa umid qilmasa ham bo‘lardi. Bolakaylarni ajratish operatsiyasini baltimorlik neyrojarroh Benjamin Karson amalga oshirishga rozi bo‘lgan.

    Benjamin Karson

    Benjamin Karson
    Foto: Reuters

    Operatsiya belgilangan kunda yetti nafar pediatr-anesteziolog, besh nafar neyrojarroh, ikki kardiojarroh va besh nafar plastik jarroh to‘plangan. Ularning barchasi oxirgi bir oy ichida manekenlar yordamida operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rgan.

    Shifokorlar qon aylanishini to‘xtatib, mitti bemorlarning tana haroratini Selsiy bo‘yicha 20 darajaga qadar sovitgan. Bundan usuldan operatsiyada birinchi bor foydalanilgan edi.

    Operatsiyadan so‘ng shifokorlar bolalarni medikamentoz komaga tushirgan. Kasalxona eshigi tagida ko‘plab jurnalistlar navbatchilik qilgan. Gazetalar operatsiya va egizaklarning yashab ketishi borasidagi shifokorlar prognoziga oid sarlavhalarga to‘lgan. Ammo oradan yetti oy o‘tgach, oila Germaniyaga qaytganidan keyin ularga bo‘lgan qiziqish keskin kamayib ketgan, hatto Karson ham ular bilan bog‘lana olmagan. U oilaga bir necha maktub yo‘llagan, biroq biror marta javob olmagan.

    Bolalarning ikkisi ham omon qolganiga qaramay, ular nogiron bo‘lib qolgan. Benjaminda tovush chiqarish qobiliyati bo‘lgan, Patrik esa ovozsiz bo‘lgan. Baltimorda u qanchadir vaqt kislorodsiz qolib ketgan, balki shu bolaning miyasiga shikast yetkazgan bo‘lishi mumkin. 1993-yilga kelib ham egizaklarning birortasi mustaqil harakatlana olmagan.

    2015-yilda Patrik vafot etgan. Benjamin esa nisbatan moslashishga muvaffaq bo‘lgan, biroq gapirishni o‘rgana olmagan. Bolalarning otasi ichkilikdan vafot etgan, onasi esa boshqa erkakka turmushga chiqib, sog‘lom bolani dunyoga keltirgan.

    Karson shundan keyin to‘rtta shu kabi operatsiyani o‘tkazgan bo‘lib, ulardan birini 1997-yili Zambiyada amalga oshirgan. Bolalar nafaqat yashab ketgan, balki mutlaqo normal rivojlangan ham.

    Boshlarning birlashuvi — kraniografiya — siam egizaklarining 2—6 foizida uchraydi xolos. Ko‘pincha siam egizaklari — bu torakopagi (ko‘krak qismidan birlashgan) va omfalopagidir (tanasining pastki qismi birlashgan).

    Siam egizaklari haqida ilk qaydlar eramizdan oldingi 179-yilga borib taqaladi, ular haqida xitoylik tarixchi Xou Xanshu yozgan. XIX asrda siam egizaklari badbasharalar shoularining “yulduzlari”ga aylangan. Ularning 20-30 yoshgacha yashaganlari yaxshigina daromad ko‘rgan va hatto oila qurishga erishgan.

    SSSRdagi eng mashhur siam egizaklari Masha va Dasha Krivoshlyapovalar bo‘lgan — ular qorin bo‘shlig‘idan birlashib ketgan, bitta tos suyagi va bir juft oyoq-qo‘lga ega bo‘lgan. Ayollar 53 yil umr ko‘rib, ta’lim olgan, yurishni o‘rgangan. Ular o‘zlarini ajratish bo‘yicha operatsiyani rad etgan. Egizaklar bundan ham ko‘proq yashashi mumkin edi, biroq Mariyaning spirtli ichimlikka mukkasidan ketishi uning yuragi to‘xtashiga sabab bo‘lgan. Opa-singillarning qon aylanish tizimi bitta bo‘lgani sabab 17 soatdan so‘ng Darya ham vafot etgan.

    Foto: Houseand

    AQSHda dunyoga kelgan siam egizaklari Ebigayl va Brittani Xenselni hayoti esa yaxshi kechgan. 1990-yilda tug‘ilgan qizlarning tos suyagi bitta, qo‘llari va oyoqlari ikkita, o‘pkasi uchta. Ular nafaqat yurishni, balki mashina haydashni, velosiped uchishni, suzish va fortepiano chalishni o‘rgangan.

    Qizlar oliy ma’lumotga ega bo‘lib, hozirda boshlang‘ich maktabda bolalarga matematikadan dars berib keladi.

    Ularning qirg‘izistonlik tengdoshlari Zita ava Gita Rizoxanovalar esa muvaffaqiyati operatsiya qilingan. Qizlarning har birida bittadan oyoq qolgani sabab protezda yurishga majbur bo‘lgan. 2015-yilda Zita poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Foto: Wikipedia

    2016-yilda Gita Rossiya fuqaroligini olgan, O‘shdagi musulmonlar kollejida o‘qigan. 2018-yilda Qur’oni karimni yod olib, qoriya bo‘lgan. 2017-yili Gitaga yo‘g‘on ichak saratoni tashxisi qo‘yilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: KXDRning “abadiy prezidenti”, Londondagi “buyuk yong‘in”ning o‘chirilishi, yurak operatsiyasiga rozilik bergan Yelsin. Kun xronologiyasida 5-sentabr

    06.09.2022, 09:30   Izoh (0)   49160
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina harbiy harakatlar natijasida o‘ziga yetgan zararni 326 mlrd dollarga baholadi

    06.09.2022, 09:17

    ISHID Kobuldagi Rossiya elchixonasi yaqinida yuz bergan portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

    06.09.2022, 08:52

    Yevropa komissiyasi Ukrainaga 500 million yevro miqdorida yordam ajratadi

    05.09.2022, 22:54

    Makron: “Zaporojye AES xavfsizligini ta’minlashning yagona yo‘li — Rossiya qo‘shinlarini u yerdan olib chiqish”

    05.09.2022, 21:58

    “Donbassdagi ko‘ngillilar professional askarlardan ko‘ra yaxshiroq jang qilmoqda” — Putin

    05.09.2022, 20:59

    Shri-Lankada prezident vakolatlarini qisqartirish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda

    05.09.2022, 20:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Octobank “2024-yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun” mukofotiga sazovor bo‘ldi 


    NEWPORT majmuasida xonadon va boshqa qimmatbaho sovg‘alar o'z egalarini topdi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Endi ilova orqali UZTELECOM xizmatlari uchun har bir to‘lovda siz virtual hamyoningizga 3% keshbek olasiz


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    “Bu Coca-Cola’ni kimga ulashmoqchisiz?” degan afsonaviy kampaniya dunyo bo‘ylab o‘zining zafarli yurishini davom ettirib, O‘zbekistonga yetib keldi!


    InfinBANK Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan nafaqadagi fuqarolar uchun naqd pul yechish foiz stavkasini pasaytirmoqda


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Havas brendining nomoddiy aktiv sifatida qiymati ma’lum bo'ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    “Kapitalbank” ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda


    Pepsi va Lipton Ice Tea xalqaro Brand Awards International 2024 mukofotiga sazovor bo‘lishdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10

    Qora dengiz hukmdori. Italiyada yasalgan, urushda qahramonlik ko‘rsatgan “Toshkent” haqida

    4 may, 18:29
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Aktyorlikdan tashqari biznesda ham muvaffaqiyat qozongan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 8 may, 00:00

    O‘zbekistonda qancha yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 may, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 7-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 7 may, 23:10

    Telegram’da PUBG akkauntlarini sotishni reklama qilib, fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan navoiylik shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 7 may, 22:50

    Yevrokomissiya Vengriyaga qarshi Yevropa Ittifoqining migratsiya siyosatini buzganligi uchun sudga da’vo kiritdi

    Dunyo | 7 may, 22:40

    “Bu holat san’atkorni ijod qilishdan to‘xtatadi”. Yulduz Usmonova xonandalarni sudga berayotgan shoirlardan shikoyat qildi

    Layfstayl | 7 may, 22:30

    “Haj – 2025” mavsumida hojilarga qancha ellikboshi va mingboshi xizmat qiladi?

    O‘zbekiston | 7 may, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.