• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda endi elektron raqamli imzosiz ham davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin

    30-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Adliya vazirligi xabar qildi.

    Qayd etilishicha, ushbu qaror elektron shaklda foydalanish mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari bo‘yicha aholning idorama-idora sarson bo‘lib yurishini oldini olishga xizmat qiladi hamda turli ovoragarchiliklarga va xizmatdan foydalanish uchun tashkilotlarda uzundan-uzoq navbat kutib turishiga chek qo‘yadi. Mobil-ID tizimi shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.

    Shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi foydalanuvchilarga elektron rakamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi (bundan kreditlash sohasida ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar mustasno). Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

    Bunda fuqaro bevosita davlat xizmatlari markazi yoki notarial idoraga murojaat qilganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qo‘l barmog‘i izi olinadi va mobil telefon raqami YAIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog‘lanadi. Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun foydalanuvchi tomonidan YAIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qo‘llaniladi hamda mobil telefon raqami YAIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bog‘lanadi.

    Bunda foydalanuvchi masofadan turib Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish uchun YAIDXPning mobil ilovasidan foydalanadi hamda elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi. YAIDXPning mobil ilovasi orqali foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tkazishda taqdim etilayotgan mobil telefon raqami aynan murojaat qilayotgan foydalanuvchi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi zarur.

    Bevosita davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrgacha bepul, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash mikdorining 2 foizi mikdorida bir martalik to‘lov undirgan holda amalga oshiriladi. Foydalanuvchilar Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish uchun Vazirlar Madkamasining 2022-yil 120apreldagi 177-son qaroriga muvofiq biriktirilgan JSHSHIRga hamda O‘zbekiston Respublikasidagi mobil aloqa operatorlari tomonidan berilgan mobil telefon raqamga (hisob balansi faol bo‘lgan holda) ega bo‘lishi zarur.

    Foydalanuvchi bir nechta mobil telefon raqamlariga ega bo‘lganda uning tanloviga asosan faqat bir mobil telefon raqami Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tkaziladi. Foydalanuvchilar Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tgandan keyin “Tasdiqlangan foydalanuvchi” maqomini oladi va barcha elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi (kreditlash soxdsida ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar bundan mustasno). Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tishni ishonchnoma asosida yoki vakil orqali amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalash yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tizimdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

    • OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);
    • Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);
    • elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;
    • foydalanuvchi o‘zining shaxsiga doir ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;
    • foydalanuvchi o‘zining shaxsiga doir ma’lumotlarini davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish;
    • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
    Mobil-ID tizimi orqali xizmatlardan foydalanishda foydalanuvchining Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tgan mobil telefon raqamiga bir martalik unikal kodli SMS-xabar yuboriladi va ushbu kod tizimga kiritilganda xizmatdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu orqali tizim foydalanuvchilarining xavfsizligi ta’minlanadi va unga oid ma’lumotlardan foydalanishga roziligi tasdiqlanadi.

    Qoida tariqasida Mobil-ID tizimidagi identifikatsiyaning muddati cheklanmaydi. Faqat shaxs (foydalanuvchi) istalgan vaqtda va o‘z xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXPning mobil ilovasi orqali Mobil-ID tizimidagi identifikatsiyani bekor qilishi mumkin.

    Mobil-ID tizimi operatori Adliya vazirligining “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi hisoblanadi. Adliya vazirligi tomonidan jismoniy shaxslarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalashni yo‘lga qo‘yish buyicha axborot tizimi ishlab chiqilib, ishga tushirilganligi ma’lum qilinadi.

    “Qisqa qilib aytganda, Mobil-ID tizimi aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi va aholiga qulayliklar yaratadi, davlat xizmatlarini rivojlantirish sohasidagi xalqaro reytinglarda esa O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

    05.09.2022, 18:11   Izoh (0)   13476
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida bir guruh shaxslar 4,5 gektar yerni 240 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi

    05.09.2022, 18:01

    “Birorta hokim o‘zida qancha mahsulot saqlash quvvati borligini ham, bor mablag‘larni ishlatishni ham bilmaydi” — prezident

    05.09.2022, 17:49

    O‘zbekiston TIV Kobuldagi Rossiya elchixonasi yaqinida yuz bergan portlash bo‘yicha bayonot berdi

    05.09.2022, 17:34

    Shavkat Mirziyoyev ichki bozor 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bog‘lanib qolayotganini tanqid qildi

    05.09.2022, 17:33

    O‘zbekiston va Janubiy Koreya jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan o‘zbekistonliklar to‘g‘risida ma’lumot almashadi

    05.09.2022, 17:29

    SSV: Ta’lim muassasasi oshxonasidagi ovqatlar sifati alohida komissiya tomonidan tekshiriladi

    05.09.2022, 17:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.