Buxoro shahrida ta’lim sohasida sodir etilgan firibgarlik jinoyati fosh etildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Vobkent tumani “Xayrxush” mahallasida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan, N.Sh. ismli shaxs fuqaro N.A.ni aldab, uning 2 nafar jiyanini Buxoro tibbiyot kollejiga vakolatli tanishlari orqali 30 million so‘m evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgani aniqlandi.
U Buxoro shahrida joylashgan “Flagman” kafesida kelishilgan pullardan kimyoviy ishlov berilgan 5,6 million so‘m va 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)