Xorazm viloyatining qator tuman-shaharlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Xususan,
- Urganch shahridagi “U.U.” MCHJga qarashli dorixonadan 220 dona;
- Shovot tumanidagi “M.F.” MCHJga qarashli dorixonadan 150 dona;
- Xiva tumanidagi “K.F.” XKga qarashli dorixonadan 120 dona;
- Bog‘ot tumanidagi “Sh-Sh.” XKga qarashli dorixonadan 150 dona tegishli hujjatlari bo‘lmagan “Benzonal” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Izoh (0)