Namangan viloyati Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoga 16-avgust kuni 12 yoshli qiz o‘rtoqlari bilan cho‘milish maqsadida borib, cho‘kib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qiz Norin tumani “Uchtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashagan. U cho‘kkan kundan boshlab viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining suvda qutqaruv-qidiruv guruhi suv ostida hamda Norin, To‘raqo‘rg‘on, Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilar, Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari va ko‘ngilli fuqarolar bilan birgalikda suv ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, farzandlaringizning cho‘milish taqiqlangan joylarda cho‘milishiga ruxsat berib, hayotiga zomin bo‘lmang, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)